Abduramanova Diana Valerevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Romaniy tafakkur taraqqiyotida badiiy mahorat va muallif konsepsiyasi (Frans Kafka va Nazar Eshonqul ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3119.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Gaylieva Ogulay Kurbonmuradovna, filologiya fanlari doktori; Qosimov Abdugaffar Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar insituti.
Dissertatsiya yo'nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi romaniy tafakkur taraqqiyotida badiiy mahorat va ijodkor konsepsiyasida F.Kafka, A.Kamyu, o‘zbek adiblaridan N.Eshonqul, U.Hamdam, I.Sulton kabi yozuvchilarning poetik izlanishlari, muallif “men”i, tasvir usullari, mahorat va ijodkor konsepsiyasi tig‘izligi hamda xronotop tabiatini nazariy tomonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotshunosligida romaniy tafakkur taraqqiyotining o‘zbek romanchiligiga ta’siri masalasi va romaniy tafakkurning 90-yillardagi rivoji, taraqqiy topishi, uslub va badiiy mahorat qirralari hamda ularning rivojlanish qonuniyatlari asoslangan;
Frans Kafka ijodiy konsepsiyasining N.Eshonqul ijodiga ta’siri masalasi ochib berilib, mahorat va tajriba, iste’dod va uslubiy qirralari dalillangan;
roman janrining tadrijiy rivojida jahon adabiyotida bo‘y ko‘rsatgan syujet va kompozisiya tiplari va psixologizm muammosi dalillangan;
umumbashariy muammolar negizida romanning yuzaga kelish omillari va uning yashovchan qirralari badiiylik modusi sifatida asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Romaniy tafakkur taraqqiyotida badiiy mahorat va ijodiy konsepsiya uyg‘unligini tadqiq qilish hamda uni o‘zaro ta’sir doirasini aniqlash yusinlarini ishlab chiqish asosida:
jahon adabiyotshunosligida yuzaga kelgan qiyosiy-tipologik mushohada tendensiyasining o‘zbek va jahon adabiyotiga ta’siri, janriy-kompozision uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijodkor idealining qamrovini umumkonstruktiv obrazlar badiiyatiga singdirish, davr va zamon muammosini hal qilishda yozuvchilar tomonidan qayta ishlangan matn tarnsformatsiyasi birligi negizi asosida tadrijiy takomillashtirishga oid nazariy qarashlar va ilmiy xulosalar “Istoriya mirovoy literaturi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-buyrug‘iga asosan, 68-661-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va xorijiy til guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
romaniy tafakkurdda janr ichki shakllarining yuzaga kelishining tadrijiy takomiliga oid nazariy qarashlari ilmiy xulosa va takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 yanvardagi 10/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, roman janrining ifoda xususiyatlarini talqin qilishda jahonning ilg‘or an’analari ta’siri, ularda aks etgan poetik unsurlar dinamikasini tavsiflashga erishilgan;
o‘zbek romani rivojlanish omillarini adabiy ta’sir negizida ekanligini aniqlash, uslubiy xususiyatlarini yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha ilmiy xulosalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali FA-F1FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo‘limining 2022 yil 12 yanvardagi 10/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanish va dunyoqarashini kengaytirishga zamin yaratgan.