Sergeeva Elyanora Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Zamonaviy rus, rusiyzabon va o‘zbek adabiyotida Buxoroning mahalliy-madaniy matni”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3188.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Zohidjon Otaboyevich, filologiya fanlari nomzodi; Ikromxonova Feruza Ikramxanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’lum bir mahalliy matnning o‘ziga xosligi va ichki zaxirasini, uning global adabiy-madaniy jarayon kontekstidagi ahamiyatini, tabiiy va madaniy landshaftlarning o‘zaro ta’sirining qonuniyatlari va mexanizmlarini aniqlash – joy omili (mahalliy matn) insonning badiiy ijodiga, uning ongiga qanday ta’sir qilishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
L.Solovyov va A.Volos, T.Po‘latov romanlari, Omon Muxtor hikoyalar kitoblaridagi shahar toposini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilovchi tushunchalarning ilmiy-nazariy mohiyati ochib berilgan;
L.Solovyov va A.Volos, T.Po‘latov romanlari, Omon Muxtor hikoyalar kitoblarida tasvirlangan syujet va poetikaning obrazli tuvalini yaratish xususiyatlari qiyosiy proyeksiyada dalillangan;
Buxoro obrazi tasviri va uning mahalliy-madaniy matnning mental farqini proyeksiyalashdagi xususiyati, rus va o‘zbek adiblari ijodidagi o‘ziga xosligi va ichki zaxiralari ochib berilgan;
badiiy matnning makon va zamonga oid tashkil etilishining nazariy jihatlarining tizimli tashkil etilishidan foydalanish lingvistik va adabiy asarlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoroning zamonaviy rus, rusiyzabon va o‘zbek adabiyotidagi mahalliy-madaniy matnini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
romanlarda shahar toposini yaratishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan tushunchalar takomiliga oid nazariy qarashlar va ilmiy xulosalar “Teoriya literaturi: Vvedenie v literaturovedenie” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 429-buyrug‘iga asosan, 429-434-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va rus guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
adabiy matnning makon va zamon bo‘yicha tashkil etilishining nazariy jihatlarini tahlil qilish va umumlashtirish hamda nasrda poetik yaxlitlik, ijodkor ideli va obraz badiiyatini ta’minlashda ong va tuyg‘u nisbatini rus hamda o‘zbek adabiyoshunosligida yuzaga kelayotgan nazariy qonun-qoidalar negizida umumlashtirish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 yanvardagi 11/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lum bir geografik va tarixiy bog‘liqlikda uning makoniy o‘rnini belgilash nuqtai nazaridan toposning ajralmas qismi sifatida lokusni aniqlash zarurati aniqlangan;
obrazi tasviri va uning mahalliy-madaniy matnning mental farqini proyeksiyalashdagi xususiyati, rus va o‘zbek adiblari ijodidagi o‘ziga xosligi va ichki zaxiralari qiyosiy tahlil nuqtai nazaridan ilmiy xulosa va takliflar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali FA-F1FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 12 yanvardagi 11/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, asar xronotopi tushunchasini ochib berish va tahlil qilish uchun topos nazariyasining badiiy vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan makonni anglatuvchi badiiy matnning asosiy makonga oid obrazi sifatidagi ahamiyati ko‘rsatilgan.