Muzaffarova Muxiba Xamzaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdon polikistoz sindromida yordamchi reproduktiv texnologiyalar istikbolini belgilashda follikulogenez buzilishining molekulyar-genetik prediktorlari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib.2614.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdonlar polikistoz sindromi mavjud bepusht ayollarda Yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlari natijalarining prognostik mezonlarini va follikulogenez buzilishining molekulyar-genetik markerlari asosida ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tana vazni yukori bulgan aellarda CYP 19 genotipida gomozigota mutatsiyasi mavjud bo‘lishi follikulogenez buzilishiga sabab bulishi va bepushtlikning sababi bulishi xavf omili hisoblanishi isbotlangan;
ekstrakorporal uruglantirish markazlarida tuxumdonlar polikistoz sindromi bilan xastalangan aellarni olib borish taktikasida genetik markerlar asosida erdamchi texnologiyalar asasida erta prognoz va diagnostika tadbirlarini o‘tkazish orqali bepushtlikni davolashning samarali ekanligi isbotlangan.
tuxumdonlar polikistozi sindromi rivojlanish xavfini bashorat qilishda yordam beruvchi molekulyar markerlarning me’yoriy ma’lumotlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yordamchi reproduktiv texnologiya dasturlarida implantatsiyani taxmin qilish asoslangan;
tabiiy tuxumdonlar follikul etilishini tiklash maqsadida klinik kechishning o‘ziga xosligi, genotip va gormonal buzilishlarini hisobga olib tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan xastlangan bemorlarni nazorat qilish strategiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 15 maydagi 23-Z-026-son xulosasiga ko‘ra:
yordamchi reproduktiv texnologiya ni kullab tuxumdon polikistoz sindromi mavjud bepushtlik bilan kasallangan aellarda diagnostika, profilaktika va prognoz ko‘rsatkichlari asosida polikistoz sindromining yuzaga kelish ehtimolligini etarli aniqlikda bashoratlash va o‘z vaqtida tashxislash hamda davolash ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘lgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi 55/1-sonli buyruq buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan prognostik matrisa va kompleks yondashuvdan foydalanish, tana vazni yukori bulgan ayollarda polikistoz sindromi kuzatilganda erdamchi reproduktiv texnologiyadan -ekstrakorporal urug‘lantirish eng samarador usul ekanliginidavo sifatida taklif etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Tuxumdon polikistoz sindromi bilan bepushtlikdan aziyat chekayotgan ayollarda oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan ul`tratovush, dopplerometrik markyorlari va molekulyar-genetik orqali tashxislash evaziga, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga xar bir nafar bemorga byudjet mablag‘larini 145 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 175 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 2) Tuxumdon polikistoz sindromi tashxislashda molekulyar genetik CYP 17 va CYP19 genlarining polimorfizmlari bo‘yicha genotipning o‘ziga xosliklari aniqlangan, tana vazni yukori aellarda follikulogenez buzilishi kuzatilgan, bepushtlik va tuxumdon polikistozi bor allellarning turli uchrash chastotasi o‘rganilganda CYP17 geni polimorfizmi O‘zbekiston Respublikasi ning barcha viloyatlarida istiqomat qiluvchi bepushtlik rivojlantiruvchi xavf omili hisoblanmagan va bu gen tekshiruvini ortiqcha sarf xarajatlar qilib tekshirish shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan; Xulosa: Tana vazni yuqori bulgan xamda tuxumdon polikistozi bor ayollarda erta tashxisini talab qilishi ishlab chiqilib, tadbiq qilingan barcha bemorlarga nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 14 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 17 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Muzaffarova Muxiba Xamzaevnaning “Tuxumdon polikistoz sindromidaerdamchi reproduktiv texnologiyalar istikbolini belgilashda follikulogenez buzilishining molekulyar-genetik prediktorlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 avgustdagi 04/3014-sonli xat yuborilgan.
homila o‘sishi chegaralanish sindromi erta tashxislash va davolash muassasasiga ishlab chiqilgan algoritm va prognostik matrisa homila o‘sishini chegaralanish sindromi xavfi bor ayollarda ishlatilsa uzoq muddatli statsionar yordamga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga, dori-darmonlarning teratogen ta’sirini kamaytirishga va reablitatsiya davrini qisqartirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi 55/1-sonli buyruq buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gormonal disbalans negizida birlamchi bepushtlik va tana vaznining oshishi, ikkilamchi bepushtlikda esa erkin testosteron, FSG, AMG gormonlar disbalansi TPK qaytalanishning asosiy omili bo‘lib hisoblandi. Izlanishlar davomida CY19A1 geni mutant (AA) shakli ortiqcha vazn mavjud bemorlar uchun tuxumdon polikistoz sindrom rivojlanishida ishonchli omil ekanligi aniqlandi (χ2=5,2; OR= 2,76; 95%CI: 1,1 - 6,7; p = 0,02). Natijada, ushbu mutant genlar assotsiatsiyasi va ortiqcha tana vaznni tuxumdon polikistoz sindrom mavjud bo‘lgan fertil yoshidagi ayollar uchun bepushtlik rivojlanishining asosiy prediktorlari va EKU ga bevosita ko‘rsatma deb hisoblash mumkin. Ishlab chiqilgan algoritm va prognostik matrisa yukori natijalar olishga imkon bergan va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tana vazni ortiqcha bo‘lgan tuxumdon polikistoz sindromi mavjud bo‘lgan ayollarda CY19A1 gomozigota mutant genotip o‘zgarishi 35% ayollarda giperandrogenizmga, testosteronning estradiolga aylanishi va AMGning 1,1 marta oshishi kuzatildi, 46% semizlik mavjud ayollarda follikulogenez buzilishi tuxumdonlar polikistozi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi qayt qilindi. Xulosa: Retrospektiv tahlillar natijalari shuni kursatdiki, eng effektiv va yaxshi natija beradigan usul bu, laparoskopik-drilling usuli (n=129, samaradorlik- 29,1%) hisoblanib, shu bilan birga, YoRT dasturlar umumiy samaradorligi 24,4 % ni tashkil qilgan, birlamchi bepushtlikda tuxumdonlar hajmining kattalashishi (n=110), anovulyasiya (n=21), girsutizm (n=62) kabi simptomlar kuzatilib, ikkilamchi bepushtlikda AMG o‘rtacha ko‘rsatkichi 1,65 marta, erkin testosteron 2,22 marta oshishi homilador bo‘la olishga to‘sqinlik qilgan. 2.Tuxumdon polikistoz sindromli bemorlarda CY17A1 polimorfizmini o‘rganish natijalari GG mutant genotipi nazorat guruh bilan taqqoslaganda statistik ahamiyatli darajada tez-tez uchragan. Tuxumdon polikistoz sindromi rivojlanishida CY19A1 rs2470152geni polimorfizmi ta’siri mutant allellar nazorat guruhlariga nisbatan taqqoslanganda ko‘p uchrashini ko‘rsatdi. Bundan shuni xulosalash mumkinki, CY19A1 geni gomozigota mutatsion shakli tuxumdon polikistoz sindromida asosiy indusirlovchi ahamiyat tutadi va bizning natijalarimiz ishonchlidir. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 258 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 230 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Muzaffarova Muxiba Xamzaevnaning “Tuxumdon polikistoz sindromidaerdamchi reproduktiv texnologiyalar istikbolini belgilashda follikulogenez buzilishining molekulyar-genetik prediktorlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 avgustdagi 04/3014-sonli xat yuborilgan. Patologiyaning klinik shakliga qarab, tuxumdonlar polikistozi sindromi qayt qilingan ayollarni yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturiga tayyorlash algoritmi ishlab chiqilgan; yordamchi reproduktiv texnologiya dasturlari samaradorligini oshirish maqsadida reproduktiv markazlarning klinik amaliyotida TPSni davolashga (aniqlangan genetik determinantlarni hisobga olgan holda) shaxsiy yondashuv bo‘yicha tavsiyalar asoslangan va joriy etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi 55/1-sonli buyruq buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yordamchi reproduktiv texnologiya dasturlarida embrion implantatsiyasi darajasini cheklovchi tuxumdonlar polikistozi sindromining asosiy klinik namoyon bo‘lishini (oligo/anovulyasiya, giperandrogeniya) populyasion o‘ziga xosligi asoslangan; klinik, gormonal va molekulyar-genetik tadqiqotlarda bepusht ayollarda tuxumdonlar polikistozi sindromi patogenezida steroid gormonlar disfunksiyasi regulyatorlari - CYP17A1 (rs743572), CYP19A1 (rs2470152) – genlarining polimorf lokuslarining o‘rnining yuqoriligi isbotlangan; allel va genotipik variantlarning tarqalish darajasi va ushbu genetik ko‘rsatkichlarning mustaqil ahamiyatlilik darajasi hamda tuxumdonlar polikistozi sindromi rivojlanishi patogenetik mexanizmlarida ularning sintropik o‘zaro ta’siri isbotlangan;
tuxumdonlar polikistozi sindromi rivojlanishi mavjud ayollarda klinik, laborator va instrumental ko‘rsatkichlarning natijalari xastalikning patogenetik mexanizmlari o‘rni va ekstrokorporal urug‘lantirishning o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi 55/1-sonli buyruq buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, birlamchi bepushtlikning klinik-laboratoriya tekshiruvi davomida tuxumdonlar xajmining kattalashishi, anovulyasiya, girsutizm kabi belgilar kuzatilishi, gormonal disbalans bilan bog‘liqligi, ikkilamchi bepushtlikda AMG ning o‘rtacha qiymati va progesteronning me’yoriy darajadan kamligi homiladorlikning erta davrlaridan boshlab homilani erta yo‘qolishi, tuxumdonlar polikistozi sindromida ayollarda CY17A1 polimorfizmini tahlili, GG mutant genotipi bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan sezilarli darajada keng tarqalgan, CYP19A1 geni gomozigota mutatsion shakli TPSda ishonchli indusirlovchi o‘rni, ortiqcha vazn, gomozigota mutant genotip natijasida ferment ishlab chiqarilishi etishmovchiligi aromataza etishmovchiligiga va bu esa o‘z navbatida, giperandrogenizmga olib kelishi, testosteronning esteradiolga aylanishi buzilishi natijasida follikulogenez buzilib insulinorezistentlik va tuxumdonlar polikistozi paydo bo‘lishining oldini olishning yangi usullarining bashoratlash tartibi takomillashtirilganligi va nazariy asoslari yaratilganligi bilan izohlangan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, semizlikka chalingan bemorlarda CYP19A1 geni mutant shaklining (AA) metabolik sindrom bilan assotsiatsiyasi tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan fertil yoshidagi ayollarda bepushtlik rivojlanishi, YoRT texnologiyalari samaradorligini oshirish uchun tuxumdonlar polikistozi sindromili ayollarga tavsiya etilishi, turmush tarzini o‘zgartirish va vazn yo‘qotish uchun muntazam mashqlar, ratsiondan tez hazm bo‘luvchi karbonsuvlarni kamaytirish, biguanidlar shaklida dori-darmonlarni qabul qilish, moyillik oilaviy anamnezga ega bo‘lgan tuxumdonlar polikistozi sindromli ayollarda kasallikning rivojlanishi va yordamchi reproduktiv texnologiya dasturlari natijalarini erta bashoratlash uchun gormonal holatni tahlili bilan birgalikda tuxumdonlar polikistozi sindromiga moyillikning genetik jihatlari va metabolik komponentlarni baholash, bepushtlikka erta tashxis qo‘yish uning asoratlarini kamaytirish, tegishli davolash usullarini tanlash va reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishning yordam berishi, kasallikning asoratlarioldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Semizlikka chalingan bemorlarda CYP19A1 geni mutant shaklining (AA) metabolik sindrom bilan assotsiatsiyasi tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan fertil yoshidagi ayollarda bepushtlik rivojlanishi davolash usullarini tanlash va reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishning yordam berishi, kasallikning asoratlari oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlangan, tana vazni yukori aellarda genetik tekshiruv CYP19 gomozigot mutatsiyasi aniklanganda ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 45.5% kamatirish imkonini bergan. Xulosa: Ayollarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish ayollarning statsionar davolanish muddatini 30-35 kundan 15,2 kungacha qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1 850 000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 575 500so‘mni tashkil qildi. Muzaffarova Muxiba Xamzaevnaning “Tuxumdon polikistoz sindromidaerdamchi reproduktiv texnologiyalar istikbolini belgilashda follikulogenez buzilishining molekulyar-genetik prediktorlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 avgustdagi 04/3014-sonli xat yuborilgan.