Shukurov Uktam Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy diskurs kognitiv-pragmatik mundarijasini shakllantiruvchi lisoniy vositalar (o‘zbek va ingliz tillari materialida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2135.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullayev Xurshid Zayniyevich, filologiya fanlari doktori, professor; O‘sarov Ibrohimjon Ko‘rpashaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matn tahlili asosida diskursiv mazmunni hosil qiluvchi lisoniy vositalar majmuasini aniqlash orqali ularning kognitiv-pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pragmatik mo‘ljalga ega matnlarning kognitiv mundarijasini bayon etish uslubi o‘quvchining uzatilayotgan axborotning asosiy qismini ajratib olish va xotirada saqlab qolish faoliyatiga qay darajada ta’sir o‘tkazishi ilk bor izohlangan;
pragmatik mo‘ljalga ega badiiy matnlarning muloqot vaziyatida faollashuvi kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan ochib berilib, ushbu matnlarni shakllantirish va tushunish sharoitida muallif va o‘quvchi bajaradigan lisoniy-tafakkur amallarini aniqlash usullari asoslangan;
ingliz va o‘zbek badiiy diskursida tagma’no ifodalanishining diskursiv shartlari belgilanib, matn mazmuni kogerentligini ta’minlovchi lisoniy vositalarning pragma-diskursiv ahamiyatga egaligi isbotlangan;
bayon qilinayotgan voqea-hodisalar zamon-makon munosabatlarini namoyon qiluvchi temporal tuzilmalar va tema-rema bog‘lamlarining axborotning muhim qismini oldga surish bilan bog‘liq jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek badiiy diskursining kognitiv-pragmatik mundarijasini voqelantiruvchi lisoniy vositalar hamda nolisoniy omillarning nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash jarayonida erishilgan natijalar asosida:
kognitiv-pragmatik tuzilmalarning matnning uslubiy-funksional xususiyatlarini shakllantirishi bilan bog‘liq jihatlari tahlili natijalaridan 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 10-avgustdagi 2244/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturlashtirilgan tartibda ta’limni tashkil etishni takomillashtirish xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar xalqaro loyihaning platformadagi kontentini yaratish imkoniyatini taqdim etgan;
insonning dunyoqarashi, ruhiy holati, ichki dunyosi, hayotga munosabatini aks ettiruvchi metaforalarning qiyosiy tahliliga oid dissertatsiyaning xulosalaridan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik fanlaridan axborot-texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti 2022-yil 10-avgustdagi 2246/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida mutaxassislik fanlardan axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida virtual resurslar yaratishda badiiy diskursning kognitiv-pragmatik mundarijasini shakllantiruvchi lisoniy vositalarni tahlil qilish asosida, diskursiv tahlil, komponent tahlil, tavsifiy-tahlil, statistik metodlaridan foydalangan holda “Matnning filologik tahlili”, “Badiiy matnning konseptologik tahlili”, “O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari”, “O‘qish va yozish ko‘nikmalari” fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari yaratilgan;
badiiy diskurs kognitiv-pragmatik mundarijasini shakllantiruvchi lisoniy vositalarga oid materiallardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi hamda “Samarqand sadosi” radioeshittirishining 2022-yil 10-avgust kuni efirga uzatilgan eshittirishida foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 11-avgustdagi 01-12/291-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu turkumdagi eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi manbalar bilan boyitilgan;
bayon qilinayotgan voqea-hodisalar zamon-makon munosabatlarini namoyon qiluvchi temporal tuzilmalar va tema-rema bog‘lamlarining axborotning muhim qismini oldga surish bilan bog‘liq jihatlari aniqlanganligi Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti 2022-yil 21-noyabrdagi 3154/30.02.01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarini qiyosiy tahlil qilish orqali badiiy diskurs kognitiv-pragmatik mundarijasini shakllantiruvchi lisoniy vositalardan ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda yangi yondashuvlar sifatida foydalanilgan.