Azzamov Yusufjon Radjaboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillarida gastronomiya terminologiyasining lingvokulturologik va tarjima xususiyatlari, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1220.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped83.01
Rasmiy opponentlar: Nasrullayeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik terminlarning derivatsion, leksik-semantik, lingvokulturologik xususiyatlari va tarjima qilish usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida glyuttonik taom ingredient/tarkibiy qismlarini, kulinariy taom tayyorlash san’atini va gastronomik taomlar tayyorlash hamda iste’mol qilish sohasi ekanligi va shu sohalardagi fenomen, hodisa hamda voqelikni ifodalovchi terminlar mazkur soha yo‘nalishlarining terminologik tizimini tashkil etishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari gastronomik terminlarining so‘z turkumlariga mansubligi jihatidan aniqlangan lingvostatistik mezonlarga ko‘ra ularning sinxron aspektda leksik-semantik, struktur-derivatsion xususiyatlari ochib berilgan hamda affiksal modellari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari taom nominantlarining o‘zaro allomorfik xususiyatlari ingliz tilidagi taom nomlarining asosan uning tarkibidagi asosiy ingredient/tarkibiy qismga asoslangan bo‘lishi, o‘zbek tilida esa taom nomlari tayyorlanish jarayoniga va ko‘proq fe’lga so‘z yasovchi “-li” qo‘shimachasini qo‘shish orqali yasalishida namoyon bo‘lishi asoslangan;
o‘zbek tilidagi gastronomik terminlar asosan turdosh otlar bilan yasalishi va qanday masalliq asosida tayyorlanishiga qarab nom berilishi, ingliz tilida esa taomning tashqi ko‘rinishiga qarab nom berilishi, gastronomik terminlarni tarjima qilishda asosan transliteratsiya, transkripsiya, funksional ekvivalentlik, tasviriy tarjima, tavsiflash, kalkalash, madaniy ekvivalentlik, dominant so‘zga urg‘u berish kabi tarjima usullari faol qo‘llanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik terminlarni chog‘ishtirma aspektda tadqiq qilish asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida gastronomiyaga oid terminlarning leksik-semantik, derivatsion xususiyatlariga oid ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 22-apreldagi 1023/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida gastronomiyaga oid terminlarning leksik-semantik, derivatsion xususiyatlari hamda atamalar nominatsiyasining tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan ingliz tili mutaxassislik fanlarida virtual resurslar yaratishga erishilgan.
ingliz va o‘zbek tillari gastronomik terminlarining struktur-derivatsion, leksik-semantik, morfologik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 14-maydagi 1174/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron modullarning ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomiyaga oid atamalarni shakllantirish, boyitish va mazkur sohaga oid ma’lumotlar bazasining elektron resurslarini takomilashtirishda keng foydalanilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida gastronomik terminlarning lingvokulturologik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-YeRR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 29-apreldagi 1075/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik borasidagi bilimlarini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalari yangi yondashuvlar sifatida xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida gastronomik terminlarni tartiblashtirish, ularning tarkibini maqbullashtirish asosidagi ma’lumotlardan Samarqand davlat chet tillar instituti va Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi hamkorligida tayyorlangan hamda Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-yil 8-aprel sanasida efirga uzatilgan “Sharq gavhari” hamda 14-aprel kuni efirga uzatilgan “Samarqand turizm maskani” ko‘rsatuvlari senariyalari tayyorlanishida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-apreldagi 01-12/154-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish, ingliz va o‘zbek tillaridagi gastronomik terminlarning shakllanishi, yasalishi, ularning lingvokulturologik xususiyatlari bilan tanishtirishda muayyan darajada takomillashuvga erishilgan.