Adashev Ilxomjon Qobulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan sharoitda kuzgi bug‘doy navlarining hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlariga yetishtirish agrotexnologiyasining ta’siri (Andijon viloyati misolida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx709
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shoymurodov Abror, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy -- tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning mahalliy va xorijiy navlaridan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni yangi navlarini turli ekish muddatlarida ekilganda maqbul ekish me’yorlari Pervisa navi birinchi muddat 15-sentabrda 5,0 mln/ga dona, Zvezda navi uchun uchunchi muddat 15-oktabrda 6,0 mln/ga dona, Davr navi uchun ikkinchi muddat 1-oktabrda 5,0 mln/ga dona, Zimnisa navini birinchi muddat 15-sentabrda 5,0 mln/ga dona urug me’yorlari, muddatlari aniqlangan. 
Sug‘oriladigan sharoitda kuzgi yumshoq bug‘doyni yangi navlarini maqbul ekish muddatlari va me’yorlarida ekilganda (Davr navini 1-oktabr 5,0 mln/ga dona urug‘ ekilganda kleykovina miqdori 29,2%, oqsil miqdori 15,2%, 1000 dona doning vazni 42,2 gramm, Zvezda navini 15-oktabr 5 mln/ga dona urug‘ ekilganda kleykovina miqdori 30,7%, oqsil miqdori 15,1%, 1000 dona doning vazni 41,7 gramm, Pervisa navini 15-sentabr 5 mln/ga dona urug‘ ekilganda kleykovina miqdori 29,7%, oqsil miqdori 15,3%, 1000 dona doning vazni esa 41,7 gramm Zimnisa navini 15-sentabr 5,0 mln/ga dona urug‘ ekilganda kleykovina 29,2%, oqsil miqdori 14,7% 1000 dona donining vazni 41,6 gr. eng yuqori don sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
Turli ekish muddatlari va me’yorlarida ekilganda kuzgi bug‘doyni Davr navini 1-oktabr 5,0 mln/ga dona ekilganda 63,3 s/ga, Zvezda navini 15-oktabr 6,0 mln/ga dona ekilganda 61,0 s/ga, Pervisa navini 15-sentabr 5,0 mln/ga unuvchan urug ekilgan variantda 62,9 s/ga, Zimnisa navini 15-sentabrda 5,0 mln/ga dona urug ekilgan variantda 63,4 s/ga don hosili olish agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan.
Turli ekish muddatlari va me’yorlarida ekilganda kuzgi bug‘doyni Davr navini 1-oktabr 5,0 mln dona /ga urug‘ ekilganda 48,2%, Zvezda navini 15-oktabr 6,0 mln dona/ga urug‘ ekilganda 42,8%, Pervisa navini 15-sentabr 5,0 mln dona/ga ko‘chat qalinligida 47,2%, Zimnisa navini 15-sentabr 5,0 mln dona urug me’yorida ekilgan variantlarda 47,5% yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyati sharoitida kuzgi bug‘doyning ertapishar va o‘rtapishar mahalliy hamda xorijiy navlari urug‘larni maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi bug‘doy navlaridan yuqori don hosili yetishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 13.02.2023 yildagi №07/21-21-08/73-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doyni ertapishar va o‘rtapishar mahalliy hamda xorijiy navlarini yetishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kuzgi bug‘doyning mahalliy ertapishar Zvezda, o‘rtapishar Davr hamda xorijiy o‘rtapishar Zimnisa va Pervisa navlari Izboskan tumani “Izboskan oltin boshog‘i” fermer xo‘jaligida 11,0 gektar, “Andijon paxtachilik sara urug‘lari” fermer xo‘jaligida 49,0 gektar, “Akramjon me’rosi” fermer xo‘jaligida 34 gektar, Oltinko‘l tumani “Istiqlol” fermer xo‘jaligida 20,0 gektar, “Maxmudjon oltin zamin” fermer xo‘jaligida 17 gektar, Baliqchi tumani “Sardorbek elita yeri” fermer xo‘jaligida 13,7 gektar, “Kelajak faxri” fermer xo‘jaligida 11,0 gektar, “Burxon” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, “Rayimjon ota” fermer xo‘jaligida 9,0 gektar, “Bal Abduraxmon Ketmonov” fermer xo‘jaligida 9,0 gektar, “Sherzod” fermer xo‘jaligida 8,9 gektar, jami 226,6 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 13.02.2023 yildagi №07/21-21-08/73-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni ekishning eng maqbul muddati va me’yori mahalliy ertapishar Zvezda navida 15-oktabr muddatida gektariga 6,0 mln dona, o‘rtapishar Davr navida 1-oktabr muddatida gektariga 5,0 mln dona, xorijiy o‘rtapishar Zimnisa va Pervisa navlarida 15-sentabr muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilib yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kuzgi bug‘doyning mahalliy ertapishar Zvezda navi urug‘larini 15-oktabr muddatida gektariga 6,0 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida, o‘rtapishar Davr navi urug‘larini 1-oktabr muddatida gektariga 5,0 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekish Andijon viloyatining Izboskan tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 13.02.2023 yildagi №07/21-21-08/73-son ma’lumotnomasi). Natijada don hosildorligi 57,4-58,1 s/ga, xorijiy o‘rtapishar navlardan Zimnisa va Pervisa urug‘lari 15-sentabr muddatida gektariga 5,0 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganida 54,8-57,5 s/ga don hosildori olishga erishilgan. Natijada Zvezda navidan 34,0%, Davr navidan 37,6%, Zimnisa navidan 29,8%, Pervisa navidan 36,2% rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish