Bakaxonov Anvar Akabirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallurgiya sanoati ob’ektlaridan vol`fram (VI), molibden (VI) ionlarini fenilgidrazin va difenilkarbazon yordamida aniqlashning elektrokimyoviy usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K178.
Ilmiy rahbar: Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.K.78.05.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Todjiev Jamoliddin Nasiriddinovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fenilgidrazin va difenilkarbazon reagentlari yordamida sanoat ob’ektlari tarkibidagi molibden va vol`framning mikrokonsentratsiyalarini aniqlashning amperometrik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mo(VI) va W(VI) ionlarining mikromiqdorlarini individual, binar va ko‘p komponentli murakkab aralashmalardan suvsiz sirka kislota muhitida amperometrik titrlab aniqlashda maqbul sharoit uchun inert erituvchi CHCl3 va fon elektrolit Na2SO4 olingan;
amperometrik titrlash usuli yordamida molibden (VI) ionini difenilkarbazon bilan, vol`fram (VI) ionini fenilgidrazin bilan metall ioni:reagent nisbati 1:2 bo‘lgan komplekslar hosil qilib platina mikroanodida elektrooksidlanishi aniqlangan;
molibden (VI) va vol`fram (VI) ionlarining mikromiqdorlarini suvsiz muhitda aniqlashning nisbiy standart chetlanishi 0,07 dan oshmaydigan amperometrik titrlash usuli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan amperometrik titrlash usuli yordamida aniqlanadigan miqdorning quyi chegarasi molibden (VI) ioni uchun 2,6·10-3 mkg/l, vol`fram (VI) ioni uchun 5,8·10-3 mkg/l, nisbiy xatolik esa 3.33% dan oshmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat ob’ektlari tarkibidagi Mo(VI) va W(VI) mikromiqdorini aniqlashning amperometrik titrlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
vol`framni suvsiz muhitda fenilgidrazin yordamida aniqlashning amperometrik titrlash usuli Muborak gazni qayta ishlash zavodi analitik kimyo laboratoriyasi amaliyotida qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 29 maydagi 579/GK-05-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat ob’ektlaridagi vol`framning mikromiqdorini aniqlash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
organik reagentlar bilan vol`fram va molibdenni aniqlashning ishlab chiqilgan kombinirlangan elektrokimyoviy usullari Muborak gazni qayta ishlash zavodi analitik kimyo laboratoriyasida amaliyotda qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yil 16 sentyabrdagi 1012/GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, vol`fram va molibdenni turli namunalar tarkibidan nisbiy standart chetlanishi 0,07 dan oshmaydigan amperometrik titrlash usuli yordamida aniqlash imkonini bergan;
sanoat chiqindilari tarkibidagi molibdenni aniqlashning ishlab chiqilgan elektrokimyoviy usullari “Gissarneftegaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasi laboratoriyasi amaliyotida qo‘llanilgan (“Gisserneftegaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 790/NB-10-GNG-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikroo‘g‘it sifatida foydalaniladigan sanoat chiqindilaridan olingan namunalardagi molibden miqdorini aniqlash va atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash imkonini bergan.