Misirov Zafar Xolmuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vodorod sul`fidli korroziya uchun ingibitorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning tadqiqi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3246.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nurulloev Zafar Ismatulloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilenpoliamin, kroton al`degid, etilendiamintetrasirka kislota, natriy metasilikat va ortofosfat kislotalar asosida samarali, ekologik xavfsiz korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polietilenpoliamin va kroton al’degidi asosida oligomer PKA-1 va etilendiamintetrasirka kislota, natriy metasilikat va ortofosfat kislota asosida kompozit EDFS-1 markali korroziya ingibitorlari sintez qilingan;
olingan oligomer korroziya ingibitorining tuzilishi IQ-spektroskopiya, YaMR va PMR-srektroskopiya tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
oligomer va kompozit korroziya ingibitorlarining po‘latni vodorod sulfidli va turli kislotali muhitlardagi ingibirlash samaradorligi gravimetrik hamda elektrokimyoviy usulda ingibirlash mexanizmi aniqlangan;
po‘lat yuzasining sirt morfologiyasi ingibitorli muhitda botiq va cho‘qqilarining o‘lchamlari ingibitorsiz muhitdagi po‘latning botiq va cho‘qqilarining o‘lchamlariga qaraganda kichik ekanligini skanerlovchi elektron mikroskop va atom kuch mikroskoplari yordamida aniqlangan;
oligomer PKA-1 va kompozit EDFS-1 markali korroziya ingibitorlarini olishning prinsipial texnologok sxemasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polietilenpoliamin, kroton al’degidi, fosfat kislota, meta-silikat natriy va etilendiamintetrasirka asosida olingan brikmalarni korroziya ingibitorlari sifatida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
sintez qilingan PKA-1 korroziya ingibitorini olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2022 yil 27 avgustdagi 751/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodorod sulfidli muhitlarda ishlovchi qurilmalarning korroziya tezligini sezilarli darajada kamaytirib, po‘lat materiallarini himoyalash imkonini bergan;
sintez qilingan EDFS-1 markali korroziya ingibitorini olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» ning 2022 yil 27 avgustdagi 751/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv aylanma sistemalarda ishlovchi po‘lat konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash imkonini bergan.