Alimova Mavludaxon Shuxratbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini kuchaytirish», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss112.
Ilmiy rahbar: Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Bahodir Xojiqurbonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Zoirova Malohat Nuralievna, siyosiy fanlar falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamoatchilik nazoratining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi o‘rnini xorijiy tajribalar asosida tadqiq etish hamda uning natijalarini milliy amaliyotga qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlarini ilmiy tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda yaqin istiqbolda davlat organlari faoliyati samaradorligin oshirish, fuqarolarning davlat organlariga nisbatan ishonchini kuchaytirish, mamlakatda jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish uchun fuqarolarning davlat hujjatlari va harakatlaridan foydalanish huquqini qo‘llab-quvvatlovchi “Ochiq hukumat konsepsiyasi” (Open Government Partnership Conception)ni qabul qilish mamlakatda fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlashga ko‘maklashishi ilmiy asoslangan;
fuqarolik jamiyati institutlarini hozirgi sharoitda davlat organlari bilan samarali hamkorlikka va birgalikdagi ishlarga jalb etish - davlat boshqaruvi organlari faoliyatida sifat o‘zgarishlari amalga oshirilgan taqdirdagina samarali bo‘lishi, bunda ochiqlik tamoyilariga asoslangan hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lgan jamiyat a’zolarini axborot berishga, olishga, qayta ishlashga, saqlashga tayyorlashga qaratilgan “Axborotlashgan jamiyat” konsepsiyasini tezlikda ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish jamoatchilik nazorati institutni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligi ilmiy asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro ta’siri va hamkorligi ilmiy jihatdan modellashtirilib, ushbu ta’sir va o‘zaro hamkorlik asosan 3 ta model (Aholining davlat tashkilotlari faoliyatidan biryoqlama xabardorligi yoki “assimetrik model”; Davlat organlari faoliyati to‘g‘risida targ‘ibot va ma’lumotlar berib borish hamda PR texnologiyalarni qo‘llash orqali aholini qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish modeli; Fuqarolarning davlat boshqaruvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki yoki “ikkitomonlama assimetrik” model) asosida amalga oshirilishi konstitusion islohotlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan;
davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining samarali konstruktiv muloqotini 4 ta asosiy omil (jamoat birlashmalari rahbarlari va fuqarolarning fuqarolik ongi darajasi, hukumron elitaning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish istagi, mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy vaziyatdan kelib chiqib hamda axborotlarning shaffofligi va boshqaruv qarorlarining fuqarolar uchun ochiqiligi darajasi) orqali aniqlash mexanizmi jamoat chilik nazorati institutining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ta’sir etishi mumkinligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi O‘zbekistonni qurish sharoitida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekistonda yaqin istiqbolda davlat organlari faoliyati samaradorligin oshirish, fuqarolarning davlat organlariga nisbatan ishonchini kuchaytirish, mamlakatda jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish uchun fuqarolarning davlat hujjatlari va harakatlaridan foydalanish huquqini qo‘llab-quvvatlovchi “Ochiq hukumat konsepsiyasi” (Open Government Partnership Conception)ni qabul qilish mamlakatda fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlashga ko‘maklashishi to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 05/1-01-207-07/01-sonli dalolatnomasi). Natijada, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jamoatchilik nazorati dasturining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda Ochiq hukumat konsepsiyasi” to‘g‘risidagi 12-bandini ishlab chiqishga asos bo‘lgan;
fuqarolik jamiyati institutlarini hozirgi sharoitda davlat organlari bilan samarali hamkorlikka va birgalikdagi ishlarga jalb etish - davlat boshqaruvi organlari faoliyatida sifat o‘zgarishlari amalga oshirilgan taqdirdagina samarali bo‘lishi, bunda ochiqlik tamoyilariga asoslangan hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lgan jamiyat a’zolarini axborot berishga, olishga, qayta ishlashga, saqlashga tayyorlashga qaratilgan “Axborotlashgan jamiyat” konsepsiyasini tezlikda ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish jamoatchilik nazorati institutni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaligi to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023 yil 24 fevraldagi 02/05-11-sonli dalolatnomasi). Natijada, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturidagi “Jamiyat va davlat qurilishi jarayonida siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirokini ta’minlash” dasturining 15-15-17-sonli bandlari ishlab chiqilgan;
Yangi O‘zbekistonda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro ta’siri va hamkorligi ilmiy jihatdan modellashtirilib, ushbu ta’sir va o‘zaro hamkorlik asosan 3 ta model (Aholining davlat tashkilotlari faoliyatidan biryoqlama xabardorligi yoki “assimetrik model”; Davlat organlari faoliyati to‘g‘risida targ‘ibot va ma’lumotlar berib borish hamda PR texnologiyalarni qo‘llash orqali aholini qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish modeli; Fuqarolarning davlat boshqaruvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtiroki yoki “ikkitomonlama assimetrik” model) asosida amalga oshirilishi konstitusion islohotlarda yanada yaqqol namoyon bo‘lishiga doir taklif va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oila vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 04-04/1203-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yildagi Yo‘l xaritasining 21-bandi “Aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla – sektor – xalq qabulxonasi – mahalla” prinsipi asosidagi hamkorlik tizimini samarali joriy qilish hamda davlat organlari faoliyati to‘g‘risida targ‘ibot va ma’lumotlar berib borish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish” to‘g‘risidagi bandlari ishlab chiqilgan. ning 2-yarim yillik uchun mo‘ljallangan Ish rejasining 2-bo‘lim, 25-26-bandlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan;
davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining samarali konstruktiv muloqotini 4 ta asosiy omil (jamoat birlashmalari rahbarlari va fuqarolarning fuqarolik ongi darajasi, hukumron elitaning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish istagi, mamlakatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy vaziyatdan kelib chiqib hamda axborotlarning shaffofligi va boshqaruv qarorlarining fuqarolar uchun ochiqiligi darajasi) orqali aniqlash mexanizmi jamoat chilik nazorati institutining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ta’sir etishi mumkinligiga oid fikrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 04-04/1203-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yilning 2-yarim yillik amaliy tadbirlar ish rejasining 11-14-16-bandlari ishlab chiqilgan.