Sayt test rejimida ishlamoqda

Amanova Mavluda Mustafakulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘l sharoitida istiqbolli Lycium L. turkumi turlarining introduksiyasi va ko‘paytirish usullari», 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmoekologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V901.
Ilmiy rahbar: Qarshibaev Xazratqul Qilichievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Olimjon Kaxxarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida Lycium turkumi ayrim dorivor turlarining bioekologik xususiyatlarini aniqlash hamda ko‘paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Lycium turkumi turlarining sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida gullash  dinamikasi ochib berilgan; bunda havo harorati o‘rtacha +19-+26ºS, havoning nisbiy namligi 38-60% oralig‘ida eng ko‘p gullar ochilishi aniqlangan;
Mirzacho‘l sharoitida L. chinense da PUM o‘rtacha 595,7-1410,2, RUM 403,8- 1006,3, Mk esa 67,7-78,8% ni tashkil etishi, L. barbarum da PUM o‘rtacha 644,3-832,5; RUM 510,0-705,2 hamda Mk 76,3-84,8% ga teng bo‘lishi aniqlangan;
L. barbarum va L. chinense mevalarida flavonoidlar miqdori tegishli ravishda 0,35% va 0,51%, karotinoidlar miqdori esa 0,0052 % va 0,0095 % ni tashkil etishi aniqlangan;
Lycium turkumi turlarining vegetativ va generativ organlarining anatomik tuzilishi, ularda qurg‘oqchil sharoitga moslashish belgilari – kserofitizm mavjudligi aniqlangan;
L. shinense va L. barbarum turlari Mirzacho‘l sharoitida 80 va 90 ball bilan baholangan hamda o‘ta istiqbolli dorivor turlar ekanligi aniqlangan;
Mirzacho‘l sharoitida xom ashyo hosildorligi L. chinense turida 25,20 s/ga, L. barbarum turida esa 27,22 s/ga teng bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mirzacho‘l sharoitida istiqbolli Lycium turlari introduksiyasi va ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Lycium turlarini o‘rmon va fermer xo‘jaliklari sharoitida etishtirish uchun “Lycium turkumi turlarini ko‘paytirish va etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanomasi fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 07/27-04/8684-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, yuqori daromad olish imkonini bergan;
Lycium turlarini Sirdaryoning sho‘rlangan tuproq sharoitida introduksiya qilish va ko‘paytirish usullari Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi “Obod yurt bog‘lari” fermer xo‘jaligining 1 ga er maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 07/27-04/8684-son ma’lumotnomasi). Natijada, Lycium turlarini fermer xo‘jaligining foydalanishdan chiqqan unumsiz erlarida ko‘paytirish orqali tuproq eroziyasini kamaytirish va dorivor xomashyo tayyorlash miqdorini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish