Faxriddinov Zafar Xayriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Hakim Termiziyning “Tahsil nazoir al-Qur’on” asari – Qur’on ilmlariga oid muhim manba», 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Isl55.
Ilmiy rahbar: Usmonov Ibrohim Sobirovich, tarix fanlari nomzodi, dosent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ne’matullo Asatullayevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Namozov Bobir Bahriyevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hakim Termiziy “Tahsil nazoir al-Qur’on” asarining Qur’on ilmlari rivojidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hakim Termiziy Qur’oni karimdagi lafzlarning bir shaklda bo‘lgani holda ko‘plab ma’nolarni ifoda eta olishi (الإشتراك اللفظي – lafziy mushtaraklik, shakldoshlik) tilning tabiiy xususiyati ekanini isbotlash orqali Qur’on ilmlarida yangi “lug‘aviy sharhlash” uslubiga asos solgani manbadagi 81 ta “nazoir” (النظائر – shakldosh) atamaning 258 ta “vajh”i (الوجه – ma’no) sharhlarining qiyosiy tahlili asosida ochib berilgan;
ilmiy jamoatchilikda mavjud Hakim Termiziyning “Tahsil nazoir al-Qur’on”ning uslubi Muqotil ibn Sulaymon (vaf. 767 y.)ning “al-Vujuh va an-nazoir fil-Qur’on” (الوجوه والنطائر في القرآن) asariga tayanishi to‘g‘risida shakllangan xulosa, ushbu ikki manbaning ichki tuzilishidagi jiddiy farqlar mavjudligi, 81 ta so‘zdan 57 tasi bir-biriga muvofiq kelishi, so‘zlar sharhining turlicha ekani sabablariga ko‘ra yetarli asosga ega emasligi dalillangan;
“Tahsil nazoir al-Qur’on”dagi “mufassara” (مُفَسَّرَةٌ – oyatning tafsir qilinishi) va “ta’viluhu” (تَأوِيلُهُ – uning ta’vili, mohiyati) ta’riflari keyinchalik Qur’on va tafsir ilmlarida tafsir rivoyatga, ta’vil esa fikriy izlanishlarga asoslanishi borasidagi qarashlar yuzaga kelishiga ta’sir qilgani isbotlangan;
Hakim Termiziy qarashlarida oyatlardagi “imon” (الإيمان – imon-e’tiqod), “islom” (الإسلام – islom dini) kabi so‘zlar sharhida ularining o‘zaro ma’nodosh xususiyatga ega ekani hanafiy mazhabidagi “mo‘min” (المؤمن) va “musulmon” (المسلم) bir xil mazmun kasb etishi hamda “imon”ning “tasdiq”dan iboratligi atamalarning sharhlari qiyosiy tahlili orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hakim Termiziyning «Tahsil nazoir al-Qur’on» asari Qur’on ilmlariga oid muhim manba ekani bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Hakim Termiziy Qur’oni karimdagi lafzlarning bir shaklda bo‘lgani holda ko‘plab ma’nolarni ifoda eta olishi (الإشتراك اللفظي – lafziy mushtaraklik, shakldoshlik) tilning tabiiy xususiyati ekanini isbotlash orqali Qur’on ilmlarida yangi “lug‘aviy sharhlash” uslubiga asos solgani manbadagi 81 ta “nazoir” (النظائر – shakldosh) atamaning 258 ta “vajh”i (الوجه – ma’no) sharhlarining qiyosiy tahlili asosida ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan «O‘rta asr sharq allomalari ensiklopediyasi» kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 29 martdagi 02/136-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng kitobxonlar ommasi allomaning Qur’on ilmlariga qo‘shgan hissasi bilan tanishishlariga xizmat qilgan;
ilmiy jamoatchilikda mavjud Hakim Termiziyning “Tahsil nazoir al-Qur’on”ning uslubi Muqotil ibn Sulaymon (vaf. 767 y.)ning “al-Vujuh va-n-nazoir fi-l-Qur’on” (الوجوه والنظائر في القرآن) asariga tayanishi to‘g‘risida shakllangan xulosa, ushbu ikki manbaning ichki tuzilishidagi jiddiy farqlar mavjudligi 81 ta so‘zdan 57tasi bir-biriga muvofiq kelishi, so‘zlar sharhining turlicha ekani sabablariga ko‘ra yetarli asosga ega emasligi dalillangani borasidagi ilmiy xulosalar «Tasavvufga kirish» nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023 yil 30 martdagi 02-03/2123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Tahsil nazoir al-Qur’on» asarining o‘ziga xos jihatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka yetib borishiga xizmat qilgan;
“Tahsil nazoir al-Qur’on”dagi “mufassara” (مُفَسَّرَةٌ – oyatning tafsir qilinishi) va “ta’viluhu” (تَأوِيلُهُ – uning ta’vili, mohiyati) ta’riflari keyinchalik Qur’on va tafsir ilmlarida tafsir rivoyatga, ta’vil esa fikriy izlanishlarga asoslanishi borasidagi qarashlar yuzaga kelishiga ta’sir qilgani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan, “Hakim Termiziy” nomli risola hamda Hakim Termiziyning “As-solat va maqosiduha” (Namoz va uning maqsadlari), “Bayon al-farq bayn as-sadr val qalb val fuad val lub” (“Sadr, qalb, fuad va lub orasidagi farq bayoni”) va “Aql va havo” nomli kitoblarning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 4 apreldagi 02-03/2469-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sof islomiy tushunchalardan biri bo‘lgan «ta’vil» so‘zining mohiyati kengroq ochib berilib, mazkur tushunchani noto‘g‘ri talqin etuvchi toifalarga raddiya berishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
Hakim Termiziy qarashlarida oyatlardagi “imon” (الإيمان – imon-e’tiqod), “islom” (الإسلام – islom dini) kabi so‘zlar sharhida ularining o‘zaro ma’nodosh xususiyatga ega ekani hanafiy mazhabidagi “mo‘min” (المؤمن) va “musulmon” (المسلم) bir xil mazmun kasb etishi hamda “imon”ning “tasdiq”dan iboratligi atamalarning sharhlari qiyosiy tahlili orqali dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Buyuk siymolar» hamda «Xalq mulki» ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 30 martdagi 06-29-452-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Hakim Termiziy qo‘llagan uslublar ta’vil nazariyasining tizmilashishiga asos bo‘lgani to‘g‘risidagi xulosalar amaliyotga tatbiq etilgan.