Sayt test rejimida ishlamoqda

Muxitdinov Muzaffar Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eyilishbardosh kompozision polimer materiallarning uzoq muddatga chidamliligini oshirish va ulardan arxitektura-badiiy qurilish buyumlari qoliplari uchun qoplamalar olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3015.
Ilmiy rahbarlar: Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Alikobilov Shuxrat Abdumalikovich, texnika fanlaridan falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eyilishbardosh kompozision polimer materiallarning uzoq muddatga chidamliligini oshirish va ulardan arxitektura-badiiy qurilish buyumlari qoliplari uchun qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quruq va nam muhitli sharoitlarda abraziv sirt yuzali polimer qoplamalarining eyilish qonuniyatlari, polimerlar va to‘ldirgichlarning turiga va tabiatiga qarab betondan yasalgan me’moriy-badiiy qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarishda shakllantirish qoliplarining ish sharoitlarini stimulyasiya qilish, shuningdek siljish tezligi va beton qorishmasining bosimiga bog‘liqligi aniqlangan; 
quruq muhitda qoplama yuzasini eyilishining asosiy turi abraziv, nam muhitda esa temir kukuni bilan modifikatsiyalangan polimer qoplamalarning ishlash qobiliyati korrozion-mexanik xususiyatga ega ekanligi asoslangan; 
kompozision polimer qoplamalar sirt yuzasining eyilishiga polimerlar va to‘ldiruvchilarning turi, tabiati, tuzilishi va miqdorining ta’siri aniqlangan;
qoplamalarning eyilishi ularning fizik-mexanik xossalariga hamda beton qorishmasining texnologik holatiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
ul`tratovushli modifikatsiya kompozision termoreaktiv epoksid polimer materiallarining eyilishbardoshliligini va fizik-mexanik xossalarini hamda shunga mos ravishda quruq va nam muhitda beton bilan o‘zaro ta’sirlashuvda ulardan tayyorlangan qoplamalarning chidamliligini oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Eyilishbardosh kompozision polimer materiallarning uzoq muddatga chidamliligini oshirish va ulardan arxitektura-badiiy qurilish buyumlari qoliplari uchun qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish va texnik hususiyatlari yaxshilangan mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida quruq va suyuq agressiv muhitda fizik va ul`tratovush bilan ishlov berish orqali, eyilishbardoshli va uzoq muddatga chidamli kompozision qoplamalarni olish texnologiyasi «CENTRON» AJ Jizzax temir-beton buyumlari zavodida joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 28 dekabrdagi 05/15-3168-son ma’lumotnomasi). Natijada, arxitektura-badiiy, beton va temir-beton qurilish buyumlarini olishning 82 sikliga qadar shakl beruvchi qoliplarning ishchi yuzalarida qo‘llaniladigan modifikatsiyalangan kompozision polimer qoplamalarining ishlash qobilyati va chidamliligini 2,2-2,5 baravar oshirish imkonini bergan;
fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilangan kompozision polimer qoplamalar «CENTRON» AJ Jizzax temir-beton buyumlari zavodida joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 28 dekabrdagi 05/15-3168-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoplamaning metallga adgezion mustahkamligi 22 MRa dan 50 MRa gacha, betonga esa 3,7 MRa dan 6,9 MRa gacha oraliqlarda bo‘lishi, murakkab sharoitlarda abraziv sirt yuzaga nisbatan kompozisiyalarning edirilish intensivligini 1,7-2 marta kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish