Saymanov Islambek Mirzabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ekologik ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishning algoritmik va mantiqiy usullari”, 05.01.05– Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM739.
Ilmiy rahbar: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Baxtiyor Fayziyevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Saidov Abdusobir Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi algoritmik va mantiqiy algebraik funksional tizimlarning graf-sxemalari asosida kriptografiya, steganografiya, identifikatsiya va tanib olish algoritmlarini amalga oshirish uchun IoT tizimida atrof-muhit ma’lumotlarini qayta ishlash va himoyalashning algoritmik hamda mantiqiy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ma’lumotlarni kiritish va foydalanuvchi kirishini boshqarish jarayonida sub’ektlar va ob’ektlarning optimal mosligini ta’minlash uchun algoritmik model algoritmlashtirish tamoyillarini tadqiq qilish va funksional jadvallarni yaratish asosida ishlab chiqilgan;
mikrokontrollerlar va dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlarni CAD loyihalashtirish tizimlari bazasida diz’yunktiv normal shakllar sinfida bul funksiyalari asosida steganografik kodlashning mantiqiy avtomat algoritmi tasvirlarni saqlash va uzatishni xavfsiz tashkil etish uchun ishlab chiqilgan;
mantiqiy funksiyaning optimal davomini qurishga va to‘g‘ri modelga asoslangan o‘zaro kesishmaydigan sinflar bilan tanib olish masalalarini yechishning algebraik va mantiqiy usullari baholarni hisoblash algoritmlarini chiziqli tutashuv va butun alomatlar fazosi uchun ishlab chiqilgan;
IoT tizimida tasvirlarni identifikatsiya qilish, qayta ishlash va himoyalashning mantiqiy tanib olish algoritmining polinimial murakkabligi isbotlangan;
IoT tizimida ekologik ma’lumotlarini identifikatsiya qilish, qayta ishlash va himoyalashning algebraik tanib olish algoritmining korrektligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot tizimlarini boshqarishda interaktiv xizmatlar axborot resurslarining maxfiyligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan usullar va modellari asosida bir qator xo‘jalik sub’ektlarida joriy etilgan:
steganografiya algoritmining optimal matematik modelidan Uzb-Ind-2021-94 “CRN asosida IoT infratuzilmasidan foydalangan holda aqlli shahardagi energiya samaradorligi va ma’lumotlarning oqimi” loyihasida shifrlash algoritmlarini mikrokontrollerlarga yozishda mikrobuyruqlarning bul funksiya shakllarini tahlil qilish va yozishda qo‘llanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2022 yil 25 maydagi №1596-15/01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash mikrokontrollerga steganografik algoritmini optimal yozish va tahlil qilish imkonini bergan;
suv va tuproqni interaktiv tahlil qilish usuli va vositalari, shuningdek, Orol dengizi bo‘yidagi qishloq xo‘jaligi sanoatida suv va tuproqni interaktiv tahlili natijalaridan atrof-muhit sharoitining ta’sirini aniqlash uchun monitoring dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 6 maydagi №03/08-3-148-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash texnologik jarayonda ishlab chiqarish samaradorligini 7-8% oshirish imkonini bergan.