Muqimov Baxriddin Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Indau (Eruca sativa Mill.) ning morfobiologik xususiyatlari va uni O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx791.
Ilmiy rahbar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xurramov Ulugbek Xolmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi indauning nav namunalari to‘plamini o‘rganish va istiqbollilarini ajratish, ularni O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilish, etishtirish va urug‘chilik texnologiyasining asosiy elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitida indauning 10 ta nav namunalari bahorgi va kuzgi mavsumlarda o‘rganilgan va shundan 5 ta nav namunasi istiqbolli navlar sifatida ajratilgan;
bahorgi mavsumda 4 ta, kuzgi mavsumda 4 ta ekish muddatlarida ekib o‘rganilgan va bahorgi mavsum uchun 1-mart, kuzgi mavsum uchun 10-sentyabr` eng maqbul ekish muddatlari ekanligi aniqlangan;
mahsulot etishtirish uchun bahorgi va kuzgi mavsumda 4 xil ekish sxemalarida ekib o‘rganilgan va eng maqbul ekish sxemasi (50+20):2x5 sm ekanligi hamda uning xo‘jalik muhim belgilarining namoyon bo‘lishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan.
indau urug‘lik o‘simliklarini etishtirish uchun kuzgi mavsumda 10.09, 20.09, 30.09, 10.10 sanalarda, bahorgi mavsumda esa 01.03 sanasida ekib o‘rganilgan hamda eng maqbul ekish muddati bahorgi mavsumda 1-mart, kuzgi mavsumda esa 10-sentyabr` ekanligi aniqlangan;
indau urug‘chilik texnologiyasini o‘rganish uchun bahorgi va kuzgi mavsumda 70x20, 70x25, 70x30, 70x35 sm sxemalarda ekib o‘rganilgan va eng maqbul ekish sxemasi 70x20 sm ekanligi aniqlangan hamda urug‘lik o‘simliklarning xo‘jalik muhim belgilarining namoyon bo‘lishi va o‘zgaruv- chanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Indau (Eruca sativa Mill.)ning morfobiologik xususiyatlari va uni O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
Indauning istiqbolli nav namunalaridan bahorgi va kuzgi muddatda yuqori ko‘k massa olish uchun Viktoriya, Korsika, Sisiliya navlarini bahorda 1 mart, kuzda 10 sentyabrda ekish muddatlari Bandixon tumani «Navbahor nur paxtakor», «Chinor burguti», «Bandixon chinorbuloq» fermer xo‘jaliklarida jami 1,85 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 21 dekabr № 02/029-5088 ma’lumotnomasi). Natijada olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan gektaridan o‘rtacha 11 520-14 543 ming so‘m sof daromad va 56,3-61,4 % rentabellikka erishilgan;
indauning istiqbolli Sisiliya navini 70:2x5 sm sxemada ekish texnologiyasi Termiz tumani «Surxon sabzavod xondamir» fermer xo‘jaligida 0,3 ga maydonda joriy qilingan va mahsulot olish uchun (50+20):2x5 sm sxemada, urug‘chilik maqsadlarida esa 70x20 sm sxemada ekish texnologiyasi SPEvaKITI Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida 0,3 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 21 dekabr № 02/029-5088 ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan o‘rtacha 35,7 tonna sifatli hosil olingan va 26 487 ming so‘m sof daromad olingan hamda 66,5% rentabellikka erishilgan;
istiqbolli Sisiliya navi Termiz tumani «Yangiariq tomorqa xizmat» fermer xo‘jaligida ham 0,4 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 21 dekabr № 02/029-5088 ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navdan o‘rtacha 30 t/ga hosil olinib 28 471 ming so‘m sof daromad olishga erishilgan. Rentabellik darajasi esa 134,0 % ni tashkil etganligi aniqlangan.