Rasulov Soyibjon Tolibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta tolali g‘o‘za navlarida tola hosildorligini oshirishning omillari”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx662.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdullaev Fayzulla  Habibullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy nav va tizmalarni chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarini turli sharoitlarda o‘rganish asosida o‘rta tolali g‘o‘zaning tola hosildorligini oshiruvchi omillardan tola indeksi, 100 dona chigit hajmi, 1000 dona chigit vazni belgilari yuqori bo‘lgan hamda vilt kasalligiga bardoshli boshlang‘ich ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy nav va tizmalar ishtirokida olingan g‘o‘za duragaylarida tola hosildorligi tola indeksi bilan bir qatorda chigitlar hajmiga bog‘liq ekanligi aniqlangan hamda mahsuldorlik belgisi bilan genotipda jipslanishiga erishilgan; 
o‘rganilgan duragaylarda aksariyat qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha keng miqyosda o‘zgaruvchanlik aniqlanib, tola indeksi boshqa qimmatli xo‘jalik belgilari bilan ijobiy bog‘langanligi isbotlangan; 
g‘o‘zaning T-18 va T-20 tizmalarida tola indeksi, 100 dona chigit hajmi va 1000 dona chigit vazni yuqori bo‘lganda tola hosildorligi ortib, irsiylanish ijobiy bo‘lganligi aniqlangan; 
g‘o‘zaning T-18, T-20, T-36 va T-55 tizmalari vilt kasalligi zamburug‘lari bilan zararlantirilgan muhitda sinovdan o‘tkazilganda umumiy zararlanish darajasi 8,0-10,33 % ni, kuchli zararlanish darajasi 3,52-4,44 % ni tashkil etib, andoza Andijon-35 naviga nisbatan 3-4 barobar bardoshli ekanligi aniqlangan; 
tola hosildorligini oshirishni ta’minlovchi belgilar asosida noyob genotiplar yaratilgan bo‘lib, tola hosildorligi andoza Andijon-35 navidan 1,5-3,3 s/ga yuqori bo‘lgan va boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy nav va tizmalarni chatishtirilishidan olingan duragaylarni o‘rganilib, yangi seleksion ashyo yaratishdagi ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
F4 (O‘zPITI-203xT-19) duragayida yakka tanlov buyicha oilalarni maksimal xolda o‘rganilishi natijasida o‘ta tezpishar konstant shakllar ichidan maxsuldorligi 150 grammdan yuqori va bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 6,5-7,0 gramm bo‘lgan genotiplar ajratib olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi №07/22-04/6101-son ma’lumotnomasi). Natijada, tola chiqimi 38 % dan yuqori, tola sifati IV-tipga mansub, tola hosildorligi yuqori bo‘lgan T-18 va T-20 tizmalari yaratilgan;
tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan T-18 va T-20 tizmalari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining tajriba uchastkasi maydonlaridagi vilt kasalligi zamburug‘lari bilan zararlantirilgan muhitda sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi №07/22-04/6101-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning o‘rta tolali T-18 va T-20 tizmalarining vilt kasalligi bilan umumiy zararlanish darajasi 8,0-8,58 % ni, kuchli zararlanish darajasi 3,52-4,11 % ni tashkil etib, andoza Andijon-35 naviga nisbatan 3-4 barobar bardoshli ekanligi aniqlangan;
g‘o‘zaning yangi yaratilgan T-18 va T-20 tizmalari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti markaziy tajriba uchastkasi va uning Andijon hamda Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyalarida 1,7 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi №07/22-04/6101-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning o‘rta tolali T-18 va T-20 tizmalarining tola hosildorligi andoza Andijon-35 navidan 1,5-3,3 s/ga yuqori bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish