Abdullayev Rustam Kaxramanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minotini takomillashtirish», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu760.
Ilmiy rahbar: Xidoyatov Baxtiyar Batirovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minotini nazariy qoidalarini hamda tergov (surishtiruv yoki sud) organlari hodimlari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishni o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha HSBJKK hamda ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish kabi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi majburiy ekanligi asoslangan;
biologik materialni bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda olish, genomga oid axborotni olish uchun biologik materialni sud-ekspertiza muassasalariga yuborish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning protsessual huquqi sifatida belgilanishi lozimligi asoslangan;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar biologik materialni olishda jinoyat-protsessual qonunchilikdagi ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga doir talablarga rioya etishlari shartligi asoslangan;
mutaxassisning bila turib yolg‘on yozma fikr berishi yolg‘on guvohlik berish jinoyati sifatida e’tirof etilishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hodisa sodir bo‘lgan joyini ko‘zdan kechirishda zamonaviy texnik-kriminalistik vositalarni samarali qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ-617-sonli Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasi JPK 91-moddasining to‘rtinchi qismini yangi tahrirda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalasi qo‘mitasining 2022 yil 27 dekabrdagi 04/2-09/6176-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi HSBJKKda aniqlanadigan dalillarni qayd etish usullari va qayd etishning yordamchi usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mutaxassisning bila turib yolg‘on yozma fikr berishi yolg‘on guvohlik berish deb e’tirof etilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi 238-moddasini to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 apreldagi 272-63-22-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar jinoyat izlarini yo‘qolishi, yo‘q qilinishi, ularga shikast yetkazilishining oldi olinib, jinoyat izlarini asl holida saqlanishiga xizmat qilgan;
biologik materialni bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda olish, genomga oid axborotni olish uchun biologik materialni sud-ekspertiza muassasalariga yuborish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning huquqi sifatida belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-noyabrdagi “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-yanvardagi 2-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi genomga oid axborotni olish uchun biologik materialni olishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning vakolat doirasini belgilanishiga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar biologik materialni olishda jinoyat-protsessual qonunchilikdagi ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga doir talablarga rioya etishlari shartligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-noyabrdagi “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 5-yanvardagi 2-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi biologik materialni olishda jinoyat-protsessual qonunchilikdagi ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga doir talablarga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish