Djurayeva Buvsara Absumannonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika ixtisosliklari talabalarining mediako‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Ta’limda axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2535.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020. Ped 70.02
Ilmiy rahbar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Panjiyev Samijon Aliqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika ixtisosliklari talabalarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika ixtisosliklari talabalarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining mazmuni va tuzilmasi fanga doir kasbiy faoliyat tayanch tushunchalarni hamda mediakontentlarni yaratish (videodars, animatsion prezentatsiya)ni qamrab oluvchi bilim va ko‘nikmalarni o‘zaro didaktik integratsiyalash asosida aniqlangan;
bo‘lajak kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiy bilimlar asosi, fizika va astronomiya o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining rivojlantirish bosqichlari fan doirasida mediakontentning g‘oyasini shakllantirish, loyihalash, dasturlash va ta’lim platformalarga integratsiyalash o‘quv modullarni o‘zaro uzluksiz va uzviyligini muvofiqlashtirish asosida aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi talabalarda mediakontentlarni yaratishda tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlashni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogika ixtisosliklari talabalarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli motivatsion, faoliyatli, refleksiya mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Pedagogika ixtisosliklari talabalarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini yaratish natijalari asosida:
pedagogika ixtisosliklari talabalarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining mazmuni va tuzilmasi fanga doir kasbiy faoliyat turlari tarkibiga xorijiy va mahalliy tajribalarni integratsiyalash tendensiyalari va tizimlilik, uzluksizlik, samaradorlik asosida rivojlantirish bosqichlari hamda mediako‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar I-OT-2019-8 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 7-iyundagi 01/15-09/139-son ma’lumotnomasi). Natijalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” (Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash) fani mazmuni zamonaviy bilimlar va ijodiy topshiriqlar bilan boyitishga hamda mediako‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini takomillashtirishga sharoit yaratgan;
bo‘lajak kimyo, biologiya, geografiya, fizika va astronomiya o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus kurs va metodika takomillashtirishga doir ishlanmalar PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 7-iyundagi 01/15-09/139-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak kimyo, biologiya, geografiya, fizika va astronomiya o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari ortgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining mazmuni, o‘qitish usul va vositalari tarmoq, mobil va multimedia texnologiyalarining mediata’limiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali rivojlantirish metodikasiga asoslangan elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I-OT-2019-8 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 7-iyundagi 01/15-09/139-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning murakkab videodars ishlanmalarni yaratish bo‘yicha bilim va kompetensiyalarini kengaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish