G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi (1943-2003-yillar)”, 07.00.04 – Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tar232.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Agzamxodjayev Saidakbar Saidovich; tarix fanlari nomzodi, dotsent Yuldashxodjayev Xaydarxon Xoshimxonovich.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1943-2003 yillarda O‘zbekiston musulmonlar idorasi ta’lim tizimining shakllanish va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro (بخارى)da VIII asr oxiri - IX asr boshida ilk “oliy madrasa” (مَدْرَسَة عَالِيَة)ning ochilishi bilan Movarounnahrda oliy darajada islom ta’limi tizimlashgani va bunga Abu Hafs Kabir Buxoriyning Iroqdagi hanafiylik maktabi an’analari ta’sir etgani ochib berilgan;
Movarounnahr islom ta’limi davlat tomonidan belgilangan boshqaruv tizimi va moliyaviy ta’minot (vaqf وقف) manbalariga, boshlang‘ich (أدنى adna), o‘rta (أوسط avsat), oliy (أعلى a’lo) ta’lim bosqichlariga, diniy va dunyoviy fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyoti sifatida allomalarning mashhur (متعارف - an’anaviy) asarlari matni, sharhlari va hoshiyalarini ustoz va shogird an’anasiga asoslangan individual ta’lim uslubida o‘qitish tartibi (manhaj منهج)ga, fanlar majmuini to‘liq o‘zlashtirish (xatmul kutub ختم الكتب) va shahodatnoma (ijoza إجازة) berish tartibiga ega mukammal tizim ekani isbotlangan;
Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi sharoitda sobiq Ittifoqda yagona hisoblangan “Mir Arab” (مير عرب), “Baroqxon” (براق خان) madrasalari va Toshkent islom instituti (المعهد العالي) kabi 3 ta diniy ta’lim muassasalarining faqat O‘zbekistonda tashkil etilishi kommunistik rejimning ushbu hududni islom ilmiy markazlaridan biri deya e’tirof etgani bilan bog‘liqligi dalillangan;
sobiq Ittifoq davrida Mir Arab madrasasi va Toshkent islom instituti o‘quv dasturlaridagi diniy fanlar ulushini qisqartirish hamda darslar mazmuniga sovet mafkurasini singdirish orqali ta’lim sifati va saviyasini pasaytirish borasidagi harakatlarga qaramay, mintaqada ustoz-shogird tizimining mustahkam o‘rnashgani bois mazkur ilm dargohlaridan muftiylar, yetuk diniy arboblar yetishib chiqqani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. 1943-2003 yillarda O‘zbekiston musulmonlar idorasi ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi tadqiqot ishi davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro (بخارى)da VIII asr oxiri - IX asr boshida ilk “oliy madrasa” (مَدْرَسَة عَالِيَة)ning ochilishi bilan Movarounnahrda oliy darajada islom ta’limi tizimlashgani va bunga Abu Hafs Kabir Buxoriyning Iroqdagi hanafiylik maktabi an’analari ta’sir etgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” kitobining “O‘zbekiston musulmonlari idorasi”, “O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy ta’lim muassasalari” qismlari mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 30 martdagi 02/138-son ma’lumotnomasi). Natijada kitobxonlarda O‘zbekistondagi diniy ta’lim tarixi, musulmonlar idorasining diniy ta’lim tizimi faoliyati haqida yana-da to‘liq tasavvurning shakllanishiga xizmat qilgan;
Movarounnahr islom ta’limi davlat tomonidan belgilangan boshqaruv tizimi va moliyaviy ta’minot (vaqf وقف) manbalariga, boshlang‘ich (أدنى adna), o‘rta (أوسط avsat), oliy (أعلى a’lo) ta’lim bosqichlariga, diniy va dunyoviy fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyoti sifatida allomalarning mashhur (متعارف - an’anaviy) asarlari matni, sharhlari, hoshiyalarini ustoz va shogird an’anasiga asoslangan individual ta’lim uslubida o‘qitish tartibi (manhaj منهج)ga, fanlar majmuini to‘liq o‘zlashtirish (xatmul kutub ختم الكتب) va shahodatnoma (ijoza إجازة) berish tartibiga ega mukammal tizim ekani xususidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarini 2017-2019 yillarda kompleks rivojlantirish Dasturi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023 yil 05 apreldagi 02-03/2408-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy diniy ta’lim tizimining istiqbol rejalarini ishlab chiqish, yangi ta’lim (maxsus sirtqi, modul ta’limi) shakllari va yo‘nalishlarini kiritishda keng foydalanilishiga erishilgan;
Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi sharoitda sobiq Ittifoqda yagona hisoblangan “Mir Arab” (مير عرب), “Baroqxon” (براق خان) madrasalari va Toshkent islom instituti (المعهد العالي) kabi 3 ta diniy ta’lim muassasalarining faqat O‘zbekistonda tashkil etilishi kommunistik rejimning ushbu hududni islom ilmiy markazlaridan biri deya e’tirof etgani to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan buyurtma asosida oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sovet Ittifoqi davridagi faoliyati (1943-1989) yillar” nomli maxsus kursni joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023 yil 03 apreldagi 951-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim tizimi tarixi, mustaqillik sharoitda erishilayotgan yutuqlarning ahamiyati haqidagi tushunchalari kengayishiga xizmat qilgan;
sobiq ittifoq davrida Mir Arab madrasasi va Toshkent islom instituti o‘quv dasturlaridagi diniy fanlar ulushini qisqartirish hamda darslar mazmuniga sovet mafkurasini singdirish orqali madrasalar ta’lim sifati va saviyasini pasaytirish borasidagi harakatlarga qaramay, mintaqada ustoz-shogird tizimining mustahkam o‘rnashgani bois mazkur ilm dargohlaridan muftiylar, yetuk diniy arboblar yetishib chiqqani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan buyurtma asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Toshkent tilsimlari”, “Ko‘hna qadamjolar” turkum ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 04 apreldagi 06-28-512-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda ko‘tarilgan ilmiy mulohazalar tomoshabinlarning O‘zbekistonda madrasalar tarmog‘i mavjud bo‘lib, ularda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o‘qitilgani to‘g‘risidagi tarixiy bilimlarining oshishiga xizmat qilgan.