Rashid Ayed Al-Harbinaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar: “Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1395.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Shavkat Muminovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Alimov Beruniy Sultonovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Mutalova Gulnara Sattarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Saudiya Arabistoni Qirolligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini yoritishda ommaviy axborot vositalarining shakllari, usullari, yondashuvlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Saudiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalarining rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot omillari aniqlanib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yoritishda ommaviy axborot vositalaridagi mavjud publisistik janrlardan samarali foydalanish, qiyosiy-muammoli materiallarni xronologik tarzda ochib berish masalalari dalillangan;
O‘zbekiston-Saudiyaning mintaqaviy va xalqaro jarayonlar kontekstidagi o‘zaro munosabatlarining shakllanishi va rivojlanish jarayonining ommaviy axborot vositalaridagi holati, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasi asoslangan;
iqtisodiyot, turizm, madaniy-ma’rifiy muammolarni yoritish uchun jurnalistik yondashuvlarda o‘zaro hamkorlik masalalari Saudiya va O‘zbekiston manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy mavzudagi publisistik materiallar orqali ta’lim berish jarayoni asoslanib, madaniy-ma’rifiy ishlarda muammoli maqolalarning o‘rni, ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishda ustozlar tajribasi hamda diplomatik jihatdan o‘zaro hamkorlik natijalari muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
Fahd bin Abdulaziz Al Saud davrida fuqarolik jurnalistikasining Saudiya Arabistoni ijtimoiy hayotida haqqoniy va tezkor axborot olish va tarqatishdagi islohotlarni amalga oshirishda alohida o‘ringa egaligi, Saudiya OAVlari materiallarini matbuotda yoritishning lisoniy va uslubiy xususiyatlari, Yevropa tillaridan kirib kelayotgan sohaviy atamalarning milliy til sofligiga ta’siri hamda arab tilining ifoda usullaridan foydalanishda jurnalistik mahorat samaradorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ilmiy ishlarga tatbiq etilgan:
Saudiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalarining rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot omillari ko‘rsatilgan, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yoritishda ommaviy axborot vositalaridagi mavjud publisistik janrlardan samarali foydalanilgan, qiyosiy-muammoli materiallarni xronologik tarzda tadqiq etish masalalariga doir fikrlar, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston mavzuda yoritilgan ko‘rsatuvlar samaradorligini oshirish haqidagi tavsiyalar “O‘zbekiston” telekanalining ijodiy jamoasi bilan bo‘lgan muhokamada tahlil qilinib, ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar telejurnalistlar uchun yangilik ekanligi va bu mavzuni yoritishda ikki mamlakat telejurnalistlari hamkorligi, tajriba almashiuvi va targ‘ibot usullarida foydali dasturul amal bo‘lishi mumkin bo‘lgan konstruktiv mulohazalar va ma’lumotlar “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston” dasturi va “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokanali «O‘zbekiston» telekanalining 2022 yil 06-28-1897-son ma’lumotnomasi). Natijada, Saudiya-O‘zbekiston telejurnalistlari uchun o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi qo‘llanma bo‘lishi bilan birga, jurnalistlarning bilim malakasini oshiruvchi nazariy-metodologik tavsiyalar berilishi, ijodiy hamkorlikning yangi formatida ko‘rsatuvlar tayyorlash, amaldagi diniy va dunyoviy tartib-qoidalarga rioya etilishi kabi kasbiy faoliyat kriteriyalarini yaratish imkonini bergan;
O‘zbekiston-Saudiyaning mintaqaviy va xalqaro jarayonlar kontekstidagi o‘zaro munosabatlarining shakllanishi va rivojlanish jarayonining jmmaviy axborot vositalaridagi tahlili, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasini ilmiy tavsifi asosidagi xulosalar Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasida Saudiyaning tashqi siyosati va O‘zbekiston bilan aloqalari xususida o‘tkazilgan matbuot anjumanlarida ishtirok etgan jurnalistlar uchun axborot olish qoidalari va xalqaro jurnalistika sohasidagi tavsiyalar sifatida foydalanilgan (Saudiya Arabistoni Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasining 2022 yil 229-son ma’lumotnomasi). Natijada, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik masalalari ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda bu yerda Saudiya Arabistoni elchixonasi madaniy merosni targ‘ib qilish va turizmni ommalashtirish uchun olib borilayotgan tashkiliy va targ‘ibot ishida ikki mamlakat manfaati uchun xizmat qiluvchi vazifalar belgilangan;
milliy bosma va onlayn ommaviy axborot vositalari orqali iqtisodiyot, turizm, madaniy-ma’rifiy muammolarni yoritish uchun jurnalistik yondashuvlarda o‘zaro hamkorlik masalalari Saudiya va O‘zbekiston manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy mavzudagi publisistik materiallar orqali ta’lim berish jarayoni yoritilgan, madaniy-ma’rifiy ishlarda muammoli maqolalarning o‘rni, ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishda ustozlar tajribasi hamda diplomatik jihatdan o‘zaro hamkorlik natijalari ahamiyatga ega ekanligi xususidagi tavsiyalar Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi faoliyatida foydalanilgan (Saudiya Arabistoni Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasining 2022 yil 229-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan ilmiy natijalardan ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarning til boyligi, arab publisistikasi tili jozibadorligi va samaradorligini oshirishga doir ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning mavzuni malakali yoritish salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv seminar-trening va konferensiyalarda foydalanilgan.