Saidov O‘lmas Raxmatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida ish yuritishga oid terminlarning berilishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3060. 
Ilmiy rahbar: Shofqorov Abdishukur Musayevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunali Jumayev, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sadinova Nafisa Usmanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ish yuritishga oid terminlarni o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida berilish yo‘llarini aniqlash, ularni o‘zbek tili milliy korpusida semantik teglash hamda statistik, struktur, leksikografik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili terminologiyasida ish yuritish terminlari alohida mikrotizim sifatida o‘rin egallashi asoslanib, tizimdagi terminlarning bevosita yoki bilvosita “ish yuritishga oid” birlashtiruvchi semasi asosida birlashuvi, bu semaning termin semantik strukturasida yetakchi va ikkinchi darajali o‘rin egallashi dalillangan;
o‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan ish yuritishga oid terminlarning tarixiy-etimologik jihatdan arab, lotin va fransuz tillaridagi o‘zlashmalarning boshqa tillarga nisbatan ustunligi aniqlangan;
o‘zbek tili milliy korpusi uchun ish yuritish terminlari bazasi ish yuritish terminlari, leksikografik ta’minot va lingvistik ta’minot kabi tarkibiy qismlardan tarkib topishi ochib berilgan;
o‘zbek tilining milliy hamda ta’limiy korpusida semantik qidiruv natijasini ta’minlash uchun semantik teglash hamda ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasi tarkibi terminologik semantik analizator asosida muayyanlashtirilgan.
IV. Natijalarning joriy qilinishi. O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida berilgan ish yuritishga oid terminlar tavsifi va tahlilini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tili terminologiyasida ish yuritish terminlari alohida mikrotizim sifatida o‘rin egallashi asoslanib, tizimdagi terminlarning bevosita yoki bilvosita “ish yuritishga oid” birlashtiruvchi semasi asosida birlashuvi, bu semaning termin semantik strukturasida yetakchi va ikkinchi darajali o‘rin egallashi dalillanganiga doir xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2020-2022- yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli ilmiy-amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2022-yil 23-dekabrdagi 04/1-3541-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning leksikografik tavsiflarini mukammallashtirish, semantik xususiyatlarini izohlashga hissa qo‘shilgan;
o‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan ish yuritishga oid terminlarning tarixiy-etimologik jihatdan arab, lotin va fransuz tillaridagi o‘zlashmalarning boshqa tillarga nisbatan ustunligi aniqlanganiga doir xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli ilmiy-amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2022-yil 23-dekabrdagi 04/1-3542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi sillabuslarni tuzish, darslik yozish va mazkur loyihaning materiallarini ishlab chiqish, boyitish imkonini bergan; 
o‘zbek tilining milliy hamda ta’limiy korpusida semantik qidiruv natijasini ta’minlash uchun semantik teglash hamda ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasi tarkibi terminologik semantik analizator asosida muayyanlashtirilganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-dekabrdagi 06-28-1825-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv ilmiy dalillar bilan boyitilib, tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish