Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped424.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Saidova Moxinur Jonpulatovna, pedagogika fanlari doktori, Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari dialogik va ijodiy hamkorlik jarayonida qadriyatlarga yo‘naltirilgan birgalikdagi harakatlarning muvofiqligi va intensivligi, maqsad va vazifalarni ratsional aniqlash ko‘nikmasi hamda tarbiyaviy-integrativ, kommunikativ-rolli va jamoaviy-guruhiy komponentlar uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ijtimoiylashtirish mexanizmlarini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan akseologik va refleksiv yondashuvlar, mulohaza yuritish, ma’lumotlar bilan ishlash hamda maqsadli, metodologik tashkiliy mazmunli blok va monitoring talabaning subyektivligi, ijodiy muhit yaratish ko‘nikmasi, refleksiv konsepsiyasi uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi dars jarayonida an’anaviy va noan’anaviy vazifalarini didaktik loyihalash, pedagogik jarayonlarning ochiqligi, dinamikligi, propedevtik-konstruktivligini ijodiy birdamlik, erkin fikr bildirish hamda jamoaviy kommunikativlik, individuallik va innovatsion-integrativ harakatlarni ta’limiy maqsadlarga ko‘ra faol adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ijtimoiylashtirish mexanizmlarini rivojlantirish bosqichlari propedevtik-tashxisiy, o‘zaro konstruktiv aloqa, guruhga moslashish harakatlar algoritmini ajratish, refleksiyalash darajasini modellashtirish hamda strategik, taktik va tezkor monitoring dinamikasini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlar dinamikligiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar ijtimoiylashuvini rivojlantirish mezonlari hissiy barqarorlik, nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘naltirish, subyekt-subyekt munosabatlarini barqaror o‘rnatish ko‘nikmalarini kreativ-jarayonli, izlanishli-integrativ jarayonlarga muntazam moslashtirish hamda ijtimoiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatlari dialogik va ijodiy hamkorlik jarayonida qadriyatlarga yo‘naltirilgan birgalikdagi harakatlarning muvofiqligi va intensivligi, maqsad va vazifalarni ratsional aniqlash ko‘nikmasi hamda tarbiyaviy-integrativ, kommunikativ-rolli va jamoaviy-guruhiy komponentlar uyg‘unligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan 500-131 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini loyihalashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarni ijtimoiylashtirish mexanizmlarini rivojlantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan akseologik va refleksiv yondashuvlar, mulohaza yuritish, ma’lumotlar bilan ishlash hamda maqsadli, metodologik tashkiliy mazmunli blok va monitoring talabaning subyektivligi, ijodiy muhit yaratish ko‘nikmasi, refleksiv konsepsiyasi uyg‘unligini bosqichma-bosqich ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan 500-131 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada hamkorlik pedagogikasiga oid manbalarni o‘rganish asosida talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash muammosini aniqlash imkoni yaratilgan;
talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi dars jarayonida an’anaviy va noan’anaviy vazifalarini didaktik loyihalash, pedagogik jarayonlarning ochiqligi, dinamikligi, propedevtik-konstruktivligini ijodiy birdamlik, erkin fikr bildirish hamda jamoaviy kommunikativlik, individuallik va innovatsion-integrativ harakatlarni ta’limiy maqsadlarga ko‘ra faol adaptatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 441-son buyrug‘iga asosan berilgan 441-029 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning motivatsion vositalari samaradorligini aniqlash imkoni yaratilgan;
talabalarni ijtimoiylashtirish bosqichlari propedevtik - tashxisiy, konstruktiv o‘zaro aloqa, guruhga moslashish harakatlar algoritmini ajratish refleksiyalash darajasini modellashtirish hamda strategik, taktik va tezkor monitoring dinamikasini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 441-son buyrug‘iga asosan berilgan 441-029 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada hamkorlik pedagogikasi asosida talabalarni ijtimoiylashtirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalar ijtimoiylashuvini rivojlantirish mezonlari hissiy barqarorlik, nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘naltirish, subyekt-subyekt munosabatlarini barqaror o‘rnatish ko‘nikmalarini kreativ-jarayonli, izlanishli-integrativ jarayonlarga muntazam moslashtirish hamda ijtimoiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan 500-131 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada hamkorlik pedagogikasi asosida talabalar ijtimoiylashuvini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish