Axmedova Shaira Bilalxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, pedagogika shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish (Xalq ta’limi o‘qituvchilari malakasini oshirish misolida)», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped313.
Ilmiy rahbar: Aripov Mirsaid Mirsidikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxan Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Gulsiton davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari pedagogik-psixologik, ijtimoiy-metodologik va virtual munosabatlarda ijodiy tayyorgarlik ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan konseptual-bazaviy tuzilmani ilmiy-pedagogik ijodkorlik omillari bilan idiyentiv mutanosibligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish samaradorligi axborot resurs tarkibiiy elementlari mazmuniga innovasion-reproduktiv jarayonlarni tatbiq etish, elektron qidiruv tizim, elektron o‘quv-metodik ta’minotni struktuaviy loyihalash hamda pedagogik-dasturiy vositalar mazmunini ta’lim maqsadlariga ko‘ra jadal modernizasiyalash asosida takomillashtirilgan; 
 informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish modeli elektron-ta’lim resurslaridan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlarini ijodkorlik me’zonlari darajalari tadrijiy rivojlanishiga proporsional bog‘liqligini hisobga olishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish mezonlari axborotlarni tahliliy-sintetik qayta ishlash, o‘quv materiallariniindividual xususiyatlarini, fan sohalari va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishlar darajasiga mos interpretasiya qilish hamda o‘quv-bilish faoliyatini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borishga vektorli ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari pedagogik-psixologik, ijtimoiy-metodologik va virtual munosabatlarda ijodiy tayyorgarlik ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan konseptual-bazaviy tuzilmani ilmiy-pedagogik ijodkorlik omillari bilan idiyentiv mutanosibligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagog xodimlarida ilmiy-pedagogik ijodkorlikni rivojlantirishga doir vazifalarning aniq belgilanishiga sharoit yaratilgan;
informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish samaradorligi axborot resurs tarkibiiy elementlari mazmuniga innovasion-reproduktiv jarayonlarni tatbiq etish, elektron qidiruv tizim, elektron o‘quv-metodik ta’minotni struktuaviy loyihalash hamda pedagogik-dasturiy vositalar mazmunini ta’lim maqsadlariga ko‘ra jadal modernizasiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida mustaqil topshiriqlarni topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalari rivojlantirish imkoni yaratilgan;
informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish modeli elektron-ta’lim resurslaridan maqsadli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlarini ijodkorlik me’zonlari darajalari tadrijiy rivojlanishiga proporsional bog‘liqligini hisobga olishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida hamkorlikdagi jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish mezonlari axborotlarni tahliliy-sintetik qayta ishlash, o‘quv materiallariniindividual xususiyatlarini, fan sohalari va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishlar darajasiga mos interpretasiya qilish hamda o‘quv-bilish faoliyatini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borishga vektorli ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-156 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida infrmatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarning ijodkorligini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish