Mamanazarov Abduhakim Bozorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish (noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2.DSc/Ped350.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxodir Baxshullayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmatov Abdinazar Tashbayevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish jarayoni sub’ektlar dunyoqarashi, kasbiy kompetentliligi, iqtisodiy munosabat jarayonlari, xo‘jalik infratuzilmasining optimalligi, barqarorligi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unligi darajasini oshirishga qaratilgan effektiv moliyaviy tizim bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini intensiv aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari muammoli treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, ommaviy disputlar, indvidual taqdimotlar, yangi keyslar, emotsional-qadriyatli munosabatlar va iqtisodiy faoliyat turlarini ijodiy sahnalashtirish, imitatsiyalashtirish hamda mantiqiy-analitik tafakkurni kichik tadqiqotlar o‘tkazishga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning iqtisodiy madaniyatni pedagogik korreksiyalash mezonlari kognitiv-qadriyatli, intellektual-ijodiy, amaliy-faollikga yo‘naltirilgan iqtisodiy tafakkurini bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda inson munosabatlari va xulq-atvorini tartibga soluvchi me’yorlar, ehtiyojlar hamda manfaatlarni ta’lim maqsadlariga ko‘ra optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish modeli bilimlarning variativligi, ijtimoiy-pedagogik shakl xilma-xilligi, individual rivojlanish imkoniyatlari, ma’naviy fazilatlar hamda nazariy bilimlar, iqtisodiy dunyoqarash, ustuvor iqtisodiy vazifalarni ajratish va anglash ko‘nikmasini izchil shakllantirish asosida takomillashtirilgan; 
noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari iqtisodiy madaniyatining rivojlanganlik monitoringi iqtisodiy munosabatlardagi adekvatlik va mikrososiumga moslashuvchanlik hamda elektiv kurslar va mustaqil ishlarni kognitiv axborot, qadriyatli yo‘nalganlik va intellektual-ijobiy faoliyatining yaxlitligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishga doir olingan natijalar asosida:
talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish jarani sub’ektlar dunyoqarashi, kasbiy kompetentliligi, iqtisodiy munosabat jarayonlari, xo‘jalik infratuzilmasining optimalligi, barqarorligi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unligi darajasini oshirishga qaratilgan effektiv moliyaviy tizim bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini intensiv aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Makroekonimika: nazariya va amaliyot” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-453 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalarining iqtisodiy madaniyatini kompleks yondashuv asosida rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari muammoli treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, ommaviy disputlar, indvidual taqdimotlar, yangi keyslar, emotsional-qadriyatli munosabatlar va iqtisodiy faoliyat turlarini ijodiy sahnalashtirish, imitatsiyalashtirish hamda mantiqiy-analitik tafakkurni kichik tadqiqotlar o‘tkazishga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Makroekonimika: nazariya va amaliyot” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-453 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning iqtisodiy madaniyatni pedagogik korreksiyalash mezonlari kognitiv-qadriyatli, intellektual-ijodiy, amaliy-faollikga yo‘naltirilgan iqtisodiy tafakkurini bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda inson munosabatlari va xulq-atvorini tartibga soluvchi me’yorlar, ehtiyojlar hamda manfaatlarni ta’lim maqsadlariga ko‘ra optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Makroekonomika: nazariya va amaliyot” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-453 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning shaxciy-kasbiy, kreativ faoliyatlari iqtisodiyot sohasidagi bilimlar va axborotlar bilan integrativ yondashuv asosida takomillashtirish imkonini bergan;
talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish modeli bilimlarning variativligi, ijtimoiy-pedagogik shakl xilma-xilligi, individual rivojlanish imkoniyatlari, ma’naviy fazilatlar hamda nazariy bilimlar, iqtisodiy dunyoqarash, ustuvor iqtisodiy vazifalarni ajratish va anglash ko‘nikmasini izchil shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Makroekonomika: nazariya va amaliyot” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-453 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda iqtisodiy tejamkorlik hislatlarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan;
noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari iqtisodiy madaniyatining rivojlanganlik monitoringi iqtisodiy munosabatlardagi adekvatlik va mikrososiumga moslashuvchanlik hamda elektiv kurslar va mustaqil ishlarni kognitiv axborot, qadriyatli yo‘nalganlik va intellektual-ijobiy faoliyatining yaxlitligini intensiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Makroekonimika: nazariya va amaliyot” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i asosida berilgan 237-453 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda iqtisodiy madaniyat darajasining rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish