Allaberdiyeva Kumri Xamreyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedagogik imkoniyatlari”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped.870.
Ilmiy rahbar: Saliyeva Zuxra Taxirovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdurahimova Dilfuza Aliyevna, pedagogika fanlar doktori, professor; Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedagogik imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedagogik imkoniyatlari ijodiy faollik, intellektual layoqat va o‘z imkoniyatlariga ichki ishonch hislatlarini hosil qilish, idrok etish jarayonlarining ehtiroslardan hissiy anglanganlik va perseptivlikka o‘tishini aniqlash hamda mantiqiy fikrlashning evrologik darajasi barqarorligini muntazam hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bolalarda neyropedagogik xususiyatlarni namoyon etishning didaktik modeli verbal muloqot omillarini idientiv formallashtirish hamda ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini oddiydan murakkabga qarab dinamik rivojantirish asosida takomillashtirilgan;
bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedidaktik tizimi gender farqlarga ustuvorlik berish, mashg‘ulot va faoliyat turlari o‘rtasida ichki mantiqiy aloqadorlikni o‘rnatish, kreativlikka yo‘naltirilgan o‘quv-biluv jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga doir pedagogik algoritmni loyihalash asosida takomillashtirilgan;
bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish texnologiyasi so‘zlar asosida qurilgan sahna o‘yinlari, ruhiy xotirjamlikni hosil qiluvchi hikoyalar, musiqiy-harakatli mashqlar, nigoh yordamida o‘z o‘ylarini namoyon qilish, qisqa topishmoq hamda kutiladigan natijaga erishish imkonini beradigan identiv maqsadni taksonomik bosqichlarga o‘zaro mosligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedagogik imkoniyatlarini ochib berishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedagogik imkoniyatlari faollik, intellektual layoqat va o‘z imkoniyatlariga ichki ishonch hislatlarini hosil qilish, idrok etish jarayonlarining ehtiroslardan hissiy anglanganlik va perseptivlikka o‘tishini aniqlash hamda mantiqiy va yorqin fikrlashning evrologik darajasi barqarorligini muntazam hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 24 maydagi 02-02/2-1677-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishga doir fazilatlarning tizimini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
bolalarda neyropedagogik xususiyatlarni namoyon etishning didaktik modeli verbal muloqot omillarini idientiv formallashtirish hamda ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini oddiydan murakkabga qarab dinamik rivojantirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 24 maydagi 02-02/2-1677-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishning neyropedagogik tizimini yanada takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bolalarda ijodiy faollikni shakllantirishning neyropedidaktik tizimi gender farqlarga ustuvorlik berish, mashg‘ulot va faoliyat turlari o‘rtasida ichki mantiqiy aloqadorlikni o‘rnatish, kreativlikka yo‘naltirilgan o‘quv-biluv jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga doir pedagogik algoritmni loyihalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Bolalar va biz», «Bolalar uchun» nomli dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 14 martdagi 04-36-403-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Ta’lim va tarbiya» bo‘yicha faoliyatlarni tashkil etish va o‘tkazish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish texnologiyasi so‘zlar asosida qurilgan sahna o‘yinlari, ruhiy xotirjamlikni hosil qiluvchi hikoyalar, musiqiy-harakatli mashqlar, nigoh yordamida o‘z o‘ylarini namoyon qilish, qisqa topishmoq hamda kutiladigan natijaga erishish imkonini beradigan identiv maqsadni taksonomik bosqichlarga o‘zaro mosligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» DM «Madaniy-ma’`rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Bolalar va biz», «Bolalar uchun» nomli dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 14 martdagi 04-36-403-son ma’lumotnomasi). Natijada ertakterapiya vositasida bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish