Ahmedov Abdulaziz Mashrabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4310.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxan Yermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Soliyev Ilxomjon Sobirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika univevsiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari sun’iy ravishda yaratilgan hamda sinergetik tasirga ega bo‘lgan raqamli-pedagogik jarayonning moslashuvchanlik tamoyilini elektron ta’lim muhitini intensiv yaratish funksiyasi imkoniyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish mazmuni pedagogik jarayonlarni tahliliy-sintetik nazorat etishga ustivorlik berishga qaratilgan o‘quv-kasbiy faoliyat, illyustrativ-muammoli, izlanishli-pedagogik vaziyatlarni loyihalashtirish hamda audio va vizual materiallarni o‘quv jarayonining virtual reallik qonuniyatlariga frontal moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish modeli ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlash, tashkiliy-metodik ta’minotni loyihalashtirish hamda ishbilarmonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rolli o‘yinlarni ketma-ket qo‘llashda didaktik va shaxsiy tayyorgarlikni muntazam hisobga olish asosida takomillashtirgan; 
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish mezonlari ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, evrestik-ijodiy va bazaviy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda baholashning ijodiy, produktiv va reproduktiv darajalarini baholash indikatorlariga bosqichma-bosqich sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari sun’iy ravishda yaratilgan hamda sinergetik tasirga ega bo‘lgan raqamli-pedagogik jarayonning moslashuvchanlik tamoyilini elektron ta’lim muhitini intensiv yaratish funksiyasi imkoniyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-270 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik, metodik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish mazmuni pedagogik jarayonlarni tahliliy-sintetik nazorat etishga ustivorlik berishga qaratilgan o‘quv-kasbiy faoliyat, illyustrativ-muammoli, izlanishli pedagogik vaziyatlarni loyihalashtirish hamda audio va vizual materiallarni o‘quv jarayonining virtual reallik qonuniyatlariga frontal moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-270 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada raqamli pedagogik muhitda talabalarda axborot texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanib, axborot kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish modeli ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlash, tashkiliy-metodik ta’minotni loyihalashtirish hamda ishbilarmonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rolli o‘yinlarni ketma-ket qo‘llashda didaktik va shaxsiy tayyorgarlikni muntazam hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-270 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada raqamli pedagogik muhitda talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish mezonlari ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, evrestik-ijodiy va bazaviy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda baholashning ijodiy, produktiv va reproduktiv darajalarini baholash indikatorlariga bosqichma-bosqich sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida berilgan 68-270 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada raqamli pedagogik muhitda talabalarda axborot kompetentligini baholash mezonlarini takomillashtirish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish