Mallayev Ravshan Qo‘ziboyevich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4501.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibayeva Guljaxon Ermekbayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullayevna, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari tabaqalashgan yondoshuvlarga ko‘ra tayanch, bazaviy va maxsus kompetensiyalarni bosqichma-bosqich ta’limiy maqsadga muvofiqlashtirish hamda kasbiy motivatsiya va intellektual qobiliyatlar uyg‘unligini ta’minlashga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni ijtimoiy talablarni kasbiy faoliyatga psixologik, ilmiy-nazariy va operatsion texnologik tayyorlik komponentlari bilan aralash ta’lim shakli raqamli formativ baholash vositalari hamda integrativ loyihalashga asoslangan ta’lim metodlariga vektorli ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivolantirish metodikasi kasbiy faoliyat olib borish imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan masofadan turib ta’lim olish jarayoniga didaktik-metodik ta’minot elementlirini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini rivojlantirish mezonlari elektron ta’lim muhitini rivojlantirish produktivligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan yangi bilimlarni texnologik jarayondagi pedagogik bilimlar bilan refleksiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari tabaqalashgan yondoshuvlarga ko‘ra tayanch, bazaviy va maxsus kompetensiyalarni bosqichma-bosqich ta’limiy maqsadga muvofiqlashtirish hamda kasbiy motivatsiya va intellektual qobiliyatlar uyg‘unligini ta’minlashga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-201792727124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 11 martdagi 02-07-931/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish mazmun-mohiyatini pedagogik tahlil qilishga erishilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni ijtimoiy talablarni kasbiy faoliyatga psixologik, ilmiy-nazariy va operatsion texnologik tayyorlik komponentlari bilan aralash ta’lim shakli raqamli formativ baholash vositalari hamda integrativ loyihalashga asoslangan ta’lim metodlariga vektorli ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA-1-22-raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi grand doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 11 martdagi 02-07-931/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini rivojlantirish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivolantirish metodikasi kasbiy faoliyat olib borish imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan masofadan turib ta’lim olish jarayoniga didaktik-metodik ta’minot elementlirini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-201792727124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 11 martdagi 02-07-931/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini rivojlantirish mezonlari elektron ta’lim muhitini rivojlantirish produktivligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan yangi bilimlarni texnologik jarayondagi pedagogik bilimlar bilan refleksiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YOA-1-22-raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi grand doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 11 martdagi 02-07-931/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini rivojlantirishda innovatsion kasbiy kompetentligini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish