Tilavov Muxtor Hasan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish usullarini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P466.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Baykunusova Gulmira Yuldibayevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish usullarini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida psixologik xizmatni takomillashtirishda jamoadagi shaxslararo konstruktlarning ierarxiyaviy tuzilmasiga muvofiq shaxsda kasbiy sifatlar shakllanishiga “self-menejment” orqali korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligiga ko‘ra autopsixologik kompetensiyalarni rivojlantirishga asoslangan integrativ usullar isbotlangan;
oliy ta’lim muassassida psixologik xizmat ko‘rsatish modeli o‘zaro munosabatlar ierarxiyasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish orqali muvaffaqiyatga intilish motivlarini refleksiv darajada rivojlantirishning psixologik mexanizmlarining kuchayishiga muvofiq jamoaviy faoliyat natijasini kontent tahlil qilishning faktorli mezoni asosida takomillashtirilgan;
ta’lim muasasalarida psixologik xizmatni identifikatsiya mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirish natijasida shaxslararo munosabatlardagi sintonik muloqotning shaxs muvaffaqiyatga intilish motivi differensiatsiyasiga intensiv ta’siri tufayli shaxsning nizoli vaziyatlarni oldini olishdagi “hamkorlik” va “moslashuv” strategiyalarini ustuvor rivojlantirishning korreksion-adaptiv usullari asoslangan;
oliy ta’limda shaxs psixologik kompetentligining tarkibiy komponentlari sotsial-psixologik moslashuvchanlik, fikrning kreativligi, motivatsion qo‘llab-quvvatlash, vaqtni ratsional taqsimlash, stresslarni boshqarish, ishontiruvchi muloqotlarni xulq-atvorga identifkatsiyalanishini ta’minlash muhimligiga ko‘ra klasterlash, yuqori yuklamali kompetensiyalarni faktorli tahlillash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida psixologik xizmat ko‘rsatish usullarini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim tizimida psixologik xizmatni takomillashtirishda jamoadagi shaxslararo konstruktlarning ierarxiyaviy tuzilmasiga muvofiq shaxsda kasbiy sifatlar shakllanishiga “self-menejment” orqali korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligiga ko‘ra autopsixologik kompetensiyalarni rivojlantirishga asoslangan integrativ usullar isbotlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-88-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz laboratoriyalari ilmiy-metodik ta’minoti yanada boyishi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassassida psixologik xizmat ko‘rsatish modeli o‘zaro munosabatlar ierarxiyasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish orqali muvaffaqiyatga intilish motivlarini refleksiv darajada rivojlantirishning psixologik mexanizmlarining kuchayishiga muvofiq jamoaviy faoliyat natijasini kontent tahlil qilishning faktorli mezoni asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-88-sonli buyrug‘i bilan “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada OTMlarda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar hodimlarning kasbiy kompetentligini oshirishga erishilgan.
ta’lim muasasalarida psixologik xizmatni identifikatsiya mexanizmlarini qo‘llash asosida takomillashtirish natijasida shaxslararo munosabatlardagi sintonik muloqotning shaxs muvaffaqiyatga intilish motivi differensiatsiyasiga intensiv ta’siri tufayli shaxsning nizoli vaziyatlarni oldini olishdagi “hamkorlik” va “moslashuv” strategiyalarini ustuvor rivojlantirishning korreksion-adaptiv usullari asoslanganliga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-88-sonli buyrug‘i bilan “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada rahbar xodimlarning o‘zaro kasbiy muhitdagi shaxslararo munosabatlar jarayonlarini aktuallashtirishga erishilgan.
oliy ta’limda shaxs psixologik kompetentligining tarkibiy komponentlari sotsial-psixologik moslashuvchanlik, fikrning kreativligi, motivatsion qo‘llab-quvvatlash, vaqtni ratsional taqsimlash, stresslarni boshqarish, ishontiruvchi muloqotlarni xulq-atvorga identifkatsiyalanishini ta’minlash muhimligiga ko‘ra klasterlash, yuqori yuklamali kompetensiyalarni faktorli tahlillash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi PM-88-sonli buyrug‘i bilan “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada har tomonlama yetuk, barkamol, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini boyitilishiga erishilgan.