Sharapov Shuxrat Azamatovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmoq nomi): “Nazorat va boshqaruv tizimlari uchun siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchiklar”, 05.01.06 – “Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3090.
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilhomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Xurshid Abdishukurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘lchash diapazonida sezgirligi yuqori va doimiy bo‘lgan hamda chiziqli o‘zgartirish tavsiflariga ega bo‘lgan siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchiklarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial transformator datchiklar ishchi havo oralig‘i magnit sig‘imi, ko‘ndalang va bo‘ylama taqsimlangan chulg‘amlar magnitlovchi kuchlari pogon qiymatlarining o‘lchash diapazoni bo‘ylab o‘zgarish qonuniyatini tanlash orqali magnit oqimlari chiziqli taqsimlanishini ta’minlovchi usullar ishlab chiqilgan;
uzun ferromagnit sterjenlar orasidagi ishchi havo oralig‘ini, ularning birida tarqoq ravishda ko‘ndalang va bo‘ylama o‘ralgan qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘ramlari sonini sterjenlar uzunligi bo‘ylab o‘zgarish qonuniyatini tanlash orqali sezgirligi o‘lchash diapazoni bo‘ylab yuqori hamda domiy va statik tavsiflari qat’iy chiziqli bo‘lgan siljishni o‘lchovchi differensial transformator datchiklarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchiklarning ferromagnit o‘tkazgichlari magnit qarshiliklari, ishchi havo oraliqlari magnit sig‘imlari hamda chulg‘amlarining ma’lum qonuniyat bilan taqsimlanganligini hisobga olgan holda matematik modellari ishlab chiqilgan;
siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchiklarning statik va dinamik tavsiflarini tadqiq etish jarayonini soddalashtirish imkoniyatini beruvchi parametrik struktura sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchiklarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchik qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP 07234; 2022y.). Natijada, sezgirligi butun o‘lchash diapazoni bo‘ylab yuqori va doimiy bo‘lgan hamda statik tavsiflari qat’iy chiziqli bo‘lgan siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchik qurilmasi yaratilgan;
sezgirligi butun o‘lchash diapazoni bo‘ylab yuqori va doimiy bo‘lgan hamda statik tavsiflari qat’iy chiziqli bo‘lgan yangi ishlab chiqilgan siljishlarni o‘lchovchi differensial transformator datchik qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli “O‘zbekiston” lokomotiv deposi teplovozlar elektr apparatlari sinovlari sexida teplovozlar yonilg‘i reykasi holatini avtomatik nazorat qilish va uning nosoz rostlanganligini o‘z vaqtida aniqlash hamda o‘zgarishini aniqlovchi qurilma sifatida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 01 may 01/1355-23– son ma’lumotnomasi). Natijada, datchikdan yuqori aniqlikda amplistat qurilmasiga uzatilgan elektr signallar teplovozlar dizellarini yuklamadan juda qisqa vaqtda ozod qilib, yonilg‘ini sezilarli tejash imkonini berdi.