Mamayusupova Iroda Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘spirinlar o‘rtasidagi nizolarning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivaojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Alimov Xujakeldi Mustafaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfuddinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Feruza Fayzullaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlar orasidagi nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘spirinlarda nizoli xulq-atvorni namoyon bo‘lish darajalariga muvofiq agressivlik, destruktiv tanqidiylik xususiyatlarini boshqalarni emotsional qabul qilmaslik negizida kuchayishi kommunikativ nokompetentlikni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli, konfliktogen shaxs xulq-atvorining baholash mezonlari dinamik harakterda ifodalanishi isbotlangan;
nizolashuvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘spirinlarning individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra, shaxsdagi intropunitiv reaksiyalarning mustaqillik, buysunuvchanlik pozisiyasining ta’sirida kamayishi guruhdagi munosabatlarda hukmronlikka intilishni kuchaytirganligi tufayli, ularda konfliktogen xulqning differensial namoyon bo‘lishi isbotlangan;
o‘spirinlarning ziddiyatli vaziyatlardagi xulq-atvor strategiyasini individual ifodalanishiga ko‘ra, guruhiy munosabatlarga konstruktiv moslashishi, hamkorlik hamda muloqotdagi kelishuvchanlikning refleksiv darajada differensial namoyon bo‘lishi tufayli, nizoli holatlarda «raqobat» uslubining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
«O‘spirinlarning nizoli vaziyatlardagi psixologik xususiyatlari» psixokorreksion modeli kommunikativ, irodaviy, intellektual sifatlarni ijtimoiy optimistik ruhda shakllantirishda xulq-atvorning kognitiv, affektiv, motivatsion komponentlariga kompleks psixodinamik ta’sir etishi muhimligiga ko‘ra «vaziyatli» va «shaxsga» oid xususiyatlarni differensiatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘spirinlarda nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
o‘spirinlarda nizoli xulq-atvorni namoyon bo‘lish darajalariga muvofiq agressivlik, destruktiv tanqidiylik xususiyatlarini boshqalarni emotsional qabul qilmaslik negizida kuchayishi kommunikativ nokompetentlikni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli, konfliktogen shaxs xulq-atvorining baholash mezonlari dinamik harakterda ifodalanishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 – sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 -m– son ma’lumotnomasi). Natijada nizolar va nizoli vaziyatlarning o‘rganish muammosini psixologiya fanida tadqiq etilishining nazariy asoslari takomillashtirilgan;
nizolashuvchanlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘spirinlarning individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra, shaxsdagi intropunitiv reaksiyalarning mustaqillik, buysunuvchanlik pozisiyasining ta’sirida kamayishi guruhdagi munosabatlarda hukmronlikka intilishni kuchaytirganligi tufayli, ularda konfliktogen xulqning differensial namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid tavsiyalar va xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 – sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 -m– son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinning nizoli vaziyatlar omili sifatida – o‘ziga yo‘nalgan (aybdorlik hissi) hamda tashqariga yo‘nalgan (oilaviy muhit yoki o‘quv muassasasini ayblash) qarashlarni so‘rovnoma asosida o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
o‘spirinlarning ziddiyatli vaziyatlardagi xulq-atvor strategiyasini individual ifodalanishiga ko‘ra, guruhiy munosabatlarga konstruktiv moslashishi, hamkorlik hamda muloqotdagi kelishuvchanlikning refleksiv darajada differensial namoyon bo‘lishi tufayli, nizoli holatlarda «raqobat» uslubining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 – sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya. Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 -m– son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarda nizoli vaziyatlarning psixologik ta’siri hamda yoshga oid xususiyatlar bo‘yicha shaxslaro munosabatlardagi dinamik o‘zgarishlarni qiyosiy tahlil qilish imkoniyati takomillashtirilgan;
«O‘spirinlarning nizoli vaziyatlardagi psixologik xususiyatlari» psixokorreksion modeli kommunikativ, irodaviy, intellektual sifatlarni ijtimoiy optimistik ruhda shakllantirishda xulq-atvorning kognitiv, affektiv, motivatsion komponentlariga kompleks psixodinamik ta’sir etishi muhimligiga ko‘ra «vaziyatli» va «shaxsga» oid xususiyatlarni differensiatsiyalash asosida takomillashtirilgan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 – sonli buyrug‘iga asosan “Konfliktologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 1 maydagi PM – 14 -m– son ma’lumotnomasi). Natijada nizoli vaziyatlarda shaxslararo munosabatlarda o‘spirinlarda qo‘llaniladigan uslublarni shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.