Baxriyeva Nargiza Axmadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtomoiy-hissiy rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06-Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P370.
Ilmiy rahbar: Jumayev Ulug‘bek Sattorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Atabayeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Halimov Emin Zaripovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli faoliyatli-kommunikativ, kompetensiyaviy, tizimli-semantik, kognitiv-vizual yondashuv hissiy refleksiyani kuchaytirganligi tufayli emotsional-hissiy muhitni tashkil etish ierarxiyasi asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida o‘z-o‘ziga beradigan bahoning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra “optimizm”, “xavotir”, “ekstrovertlashganlik”, “yolg‘izlikka intilish”ning shaxsning o‘ziga munosabatida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli agressivlikning namoyon bo‘lishida emotsional xususiyatlar individualligi va variativligiga ijtimoiy-psixologik bog‘liq rivojlanishi isbotlangan;
boladagi agressiya darajasi, yo‘nalganligi va intensivligiga ko‘ra impulsivlik, egotsentrizm, introvertlashganlikning emotsional o‘z-o‘zini baholashga integratsiyasi tufayli shaxsda gender farqlarning mavjudligi asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishda agressiya, xavotirlanish darajasining intensivligini susaytirishi o‘z-o‘ziga bahoni adekvatligini ta’minlashi muhimligi tufayli emotsional o‘zini-o‘zi baholashning shakllanganligi ustuvor psixologik xususiyat ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli faoliyatli-kommunikativ, kompetensiyaviy, tizimli-semantik, kognitiv-vizual yondashuv hissiy refleksiyani kuchaytirganligi tufayli emotsional-hissiy muhitni tashkil etish ierarxiyasi asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26-avgustdagi PM-86-a-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26-avgustdagi PM-86-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalarning o‘quv jarayoniga joriy qilinishi natijasida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining hissiy-emotsional sohasini korreksiyalashga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida o‘z-o‘ziga beradigan bahoning darajaviy ifodalanishiga ko‘ra “optimizm”, “xavotir”, “ekstrovertlashganlik”, “yolg‘izlikka intilish”ning shaxsning o‘ziga munosabatida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli agressivlikning namoyon bo‘lishida emotsional xususiyatlar individualligi va variativligiga ijtimoiy-psixologik bog‘liq rivojlanishi isbotlanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26-avgustdagi PM-86-a-sonli buyrug‘iga asosan “Kasbiy psixologiya” moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-86-a-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining kognitiv jarayonlarini shakllantirishga erishilgan;
boladagi agressiya darajasi, yo‘nalganligi va intensivligiga ko‘ra impulsivlik, egotsentrizm, introvertlashganlikning emotsional o‘z-o‘zini baholashga integratsiyasi tufayli shaxsda gender farqlarning mavjudligi asoslanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26-avgustdagi PM-86-a-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-86-a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini anglash orqali ijtimoiylashuv jarayoniga kirishishni takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishda agressiya, xavotirlanish darajasining intensivligini susaytirishi o‘z-o‘ziga bahoni adekvatligini ta’minlashi muhimligi tufayli emotsional o‘zini-o‘zi baholashning shakllanganligi ustuvor psixologik xususiyat ekanligi dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-86-a-sonli buyrug‘iga asosan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-86-a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy munosabatlarga moslashish jarayoni takomillashtirilgan.