Musurmonkulov Oybek Urolovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1536.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
Ilmiy rahbar: Axmedova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoat tashkilotlari ijtimoiy-pedagogik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat tashkilotlari ijtimoiy-pedagogik faoliyatini ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali muvofiqlashtirish mexanizmi g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar determinantlarining siklli jarayonlar izchilligini ta’minlashdagi o‘rnini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
jamoat tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etishning keng qamrovlilik, uzluksizlik, ketma-ketlik, me’yoriylik, shaxsiy ibrat kabi ijtimoiy-pedagogik prinsiplari jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilayotgan ijtimoiy-pedagogik tadbirlarni tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni texnologik takomillashtirish modeli modellashtirishning universallik, izchillik, normativlik prinsiplariga asoslangan konseptual, kognitiv, operatsional komponentlarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyati mazmuni fuqarolarda uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasida belgilab berilgan tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni texnologik takomillashtirish modeli vositasida qaror toptirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari:
g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar determinantlarining siklli jarayonlar izchilligini ta’minlashdagi o‘rnini aniqlash asosida takomillashtirilgan jamoat tashkilotlari ijtimoiy-pedagogik faoliyatini ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali muvofiqlashtirish mexanizmi, yoshlarda tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, ularda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qilish bo‘yicha fuqarolik burchini kuchaytirish, o‘tmish ajdodlari oldidagi mas’uliyat, millat manfaati bilan yashash, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyatida ishtirok etish, milliy qadriyatlarning ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va siyosiy hayotda tutgan o‘rnini anglash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish borasidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetining “2021-2022 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar hamda Axborotlashtirilgan va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari yo‘nalishi bo‘yicha A-OT-2021-64-raqamli “Oilalarga sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun mobil ilova yaratish” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 30 dekabrdagi 04/11-8569-son va 2023 yil 12 yanvardagi 04/11-139-son ma’lumotnomalari). Natijada, uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchan samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilayotgan ijtimoiy-pedagogik tadbirlarni ilmiy tasniflash asosida aniqlashtirilgan jamoat tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etishning keng qamrovlilik, uzluksizlik, ketma-ketlik, me’yoriylik, shaxsiy ibrat kabi ijtimoiy-pedagogik prinsiplari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pespublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pespublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 06 dekabrdagi 4-13-23-4197-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligi oshishiga erishilgan;
modellashtirishning universallik, izchillik, normativlik prinsiplariga asoslangan konseptual, kognitiv, operatsional komponentlarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni texnologik takomillashtirish modeli, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyati yangicha tarbiyaning kuchli omiliga aylanganligi, aholi va talaba yoshlarning o‘z yurtini sevishga, uni ardoqlashga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirishga, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar va xulosalardan O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xopijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalapi qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Vatanim manim”, “O‘zbekiston umumiy uyimiz”, “Milliy g‘oya – bizning g‘oya”, “Mustaqillik bergan buyuk ne’mat” kabi baynalmilallik ruhidagi tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xopijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalapi qo‘mitasining 2022 yil 22 dekabrdagi 14-07-2191-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli millatlarga mansub yoshlarda O‘zbekistonga bo‘lgan muhabbatning oshishiga, ijtimoiy-pedagogik faoliyati orqali yurtni sevishga, ta’lim-tarbiyaga doir ma’lumotlarni kengaytirishga erishilgan;
fuqarolarda uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasida belgilab berilgan tayanch ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni texnologik takomillashtirish modeli vositasida qaror toptirish asosida takomillashtirilgan jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-pedagogik faoliyati mazmuniga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar”da foydalanilgan (Pespublika Ma’naviyat va ma’rifat mapkazining 2022 yil 20 dekabrdagi 02/569-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlarni ma’naviy-mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.