Raximov Rustambayning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligini takomillashtirish (Musiqa va san’at maktablari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1283.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Ilmiy rahbar: Madrimov Bahram Xudoynazarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Baxodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tursunov Abduraim, pedogogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy raqs, musiqa va ashulalarimiz, yurtimiz san’ati va madaniyati tarixi hamda o‘zbek bastakorlari hayoti-ijodiy faoliyati bilan tanishtirish orqali musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini axloqiy-estetik tarbiyalashda hissiy va ijodiy tendensiyalarining didaktik imkoniyatlari o‘zbek xalq musiqasi, klassik musiqa, opera, estrada, milliy estrada, ana’naviy musiqa san’ati durdonalari orqali aniqlangan;
buyuk mutafakkirlar Abu Nasr Forobiy, Muhammad Al Xorazmiy, Pahlavon Maxmud, Al Beruniy, A.Jomiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Feruz, K.Xorazmiylarning milliy musiqa san’ati, tarixi va an’analariga oid asarlarini ochib berish orqali musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini kreativlik xususiyatlariga ko‘ra axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligi asoslangan;
musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarida axloqiy-estetik tarbiyaning shakllanganligi va badiiy-musiqiy jihatdan rivojlanganligini milliy-imoniy qadriyatlar asosida baholashning diagnostik tizimi ovoz va ijro janrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligi mutaxassislik fanlarini o‘qitishni ommolashtirishga qaratilgan uyg‘unlik, ohang, polifoniya uslublaridan foydalanish orqali mazmunan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligini takomillashtirish” (Musiqa va san’at maktablari misolida) mavzusidagi dissertatsiya ishida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek xalq musiqasi, klassik musiqa, opera, estrada, milliy estrada, ana’naviy musiqa san’ati durdonalari orqali musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini axloqiy-estetik tarbiyalashda hissiy va ijodiy tendensiyalarining didaktik imkoniyatlaridan ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2021-2023 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani “Ta’lim oluvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalashning didaktik ikomiyatlari” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 9-fevraldagi 89.03-770-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa va san’at maktablarida milliy musiqiy kompozisiya namunalarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishga erishilgan;
buyuk mutafakkirlar Abu Nasr Forobiy, Muhammad Al Xorazmiy, Pahlavon Maxmud, Al Beruniy, A.Jomiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Feruz, K.Xorazmiylarning milliy musiqa san’ati, tarixi va an’analariga oid asarlarini ochib berish orqali musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini kreativlik xususiyatlariga ko‘ra axloqiy-estetik tarbiyalashga oid takliflardan musiqa va san’at maktablari ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 02-12-08-3689 son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini maqom, doston, baxshi, xalfa, katta ashulalarni faxr-iftixor bilan kuylashlari, ularni milliy musiqa san’timizga, madaniyatimizga, o‘z xalqiga bo‘lgan his-tuyg‘ularining yuksak darajaga ko‘tarilib, vatanparvar, xalqparvar, el-yurtiga sadoqatli, mustaqilligimiz qadriga yetuvchi hamda uni himoya qiluvchi jasur, or-nomusi kuchli farzandlar bo‘lib kamol topishiga erishilgan;
musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarini axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligi mutaxassislik fanlarini o‘qitishni ommolashtirishga qaratilgan uyg‘unlik, ohang, polifoniya uslublaridan foydalanish orqali mazmunan takomillashtirishga doir takliflar “Musiqiy ritmik harakat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 9-sentabrdagi 02-12-08-3689-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash samaradorligini takomillashtirish hamda musiqa va san’at yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlashga erishilgan.