Kadirova Maraljan Matyakubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositasida iqtisodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3364.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshilloyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Boboyev Akmal Choriyevich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositasida iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish omillari va pedagogik shart-sharoitlari bilim va shaxsiy-ijtimoiy tajriba mezonlarini integrasiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli hamkorlikda o‘qitish, rolli-o‘yinli, izlanuvchi-tadqiqotchilikka oid muammoli iqtisodiy topshiriqlarni loyihaviy, produktiv, kreativ, refleksiv bosqichlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifati dinamikasini baholash mezonlari kredit-modul tizimi sharoitida iqtisodiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid topshiriqlar motivatsion komponent, retrospektiv usullarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida talablarning iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli hissiy-irodaviy omillarni mazmunan anglash, “SWOT tahlili”, “Assesment”, “Web-Quest” texnologiyalari integrativlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida iqtisodiy
ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik, amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositasida iqtisodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari va pedagogik shart-sharoitlari bilim va shaxsiy-ijtimoiy tajriba mezonlarini integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetining OT-F1-101 raqamli “Globallashuv sharoitida mintaqalar iqtisodiyoti raqobatbardoshligi o‘sishiga metodologik yondashuvlar” (2017-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Bo‘lajak mutaxassis kadrlarning iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodologiyasi” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 7-dekabrdagi 04/11-7928-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiy ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
talabalarning iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli hamkorlikda o‘qitish, rolli-o‘yinli, izlanuvchi-tadqiqotchilikka oid muammoli iqtisodiy topshiriqlarni loyihaviy, produktiv, kreativ, refleksiv bosqichlarini tizimlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish-2022” (2018-2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Talabalarning moslashuvchanlik tamoyillari asosida iqtisodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-fevraldagi 02-07-395/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassis kadrlarning iqtisodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligi ortgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida talabalarining iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli hissiy-irodaviy omillarni mazmunan anglash, “SWOT tahlili”, “Assesment”, “Web-Quest” texnologiyalari integrativlikni ta’minlash imkoniyatlari O‘zbekiston Milliy universitetining OT-F1-101 raqamli “Globallashuv sharoitida mintaqalar iqtisodiyoti raqobatbardoshligi o‘sishiga metodologik yondashuvlar” (2017-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Bo‘lajak mutaxassis kadrlarning iqtisodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodologiyasi” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 7-dekabrdagi 04/11-7928-son ma’lumotnomasi). Natijada “Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari” va “Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitish metodikasi” fanlarining dasturlari mazmunan takomillashtirilgan.