Inoyatova Sitora Amonovnaning 
falsafa (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehmonxona xo‘jaligida inson resurslarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2641.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Sherzod Abdukodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehmonxona xo‘jaligida inson resurslarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehmonxona xo‘jaligi xodimlari mehnatidan qoniqishni baholash (prognozlash) yondashuvi xodimlar yoshi (10%), ma’lumoti (10%) va kompa-niyadagi tajribasidagi (5%) o‘zgaruvchanlik ahamiyatliligi darajasining muhimligiga ko‘ra takomillashtirilgan holda xodimlar kasbiy malaka-larini e’tirof etish dasturini joriy etish va qo‘nimsizlikka oid xarajatlarni qisqartirish asoslangan; 
mehmonxona xo‘jaligi va mehmon uylari xodimlari o‘z mehnatidan qoniqishini baholashda boshqaruv siyosati va mehnatga haq to‘lash hamda xizmatda ko‘tarilish ehtimoli tizimi ko‘rsatkichlari kritik parametrlar ekanligi asoslangan;
mehmonxona xo‘jaligi xodimlarini o‘z mehnatidan qoniqishining kutilayotgan darajasi ishchi kuchi tarkibini mustahkamlash strategiyasiga asosiy e’tiborni qaratgan holda prognoz qilingan;
xodimlarning mehnatdan qoniqqanlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mehmonxona va mehmon uylari reytingini tuzish, mehmonxona xo‘jaligidagi eng yaxshi amaliyotlarni baholagan holda ularni boshqa xo‘jalik sub’yektlari faoliyatiga transformatsiyalashning maqsadga muvofiqligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehmonxonalar va mehmon uylarida mehnatdan qoniqqanlikni baholash orqali inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalar asosida: 
mehnatdan qoniqishni baholash/prognozlashda yosh (10%), ma’lumot (10%) va kompaniyadagi tajriba (5%) kabi o‘zgaruvchanliklarning ahamiyatlilik darajasiga muhimlilik yondashuvi taklif etilgan holda mehmonxona xo‘jaligi xodimlari kasbiy malakalarini e’tirof etish dasturini joriy etish va qo‘nimsizlikka oid xarajatlarni qisqartirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 10 maydagi 05-12-15-3008-son ma’lumotnomasi). Takliflarning amaliyotga joriy etilishi kadrlar qo‘nimsizligini 5 foizga kamaytirish, oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga 201,6 mln. so‘m, o‘rta maxsus, kasb-xunar ma’lumotiga ega kadrlarni tayyorlashga 12,2 mln. so‘mlik xarajatlarni tejashga imkon bergan;
mehmonxona xo‘jaligi va mehmon uylari xodimlarining o‘z mehnatidan qoniqishini baholashda boshqaruv siyosati va mehnatga haq to‘lash tizimi hamda xizmatda ko‘tarilish ehtimoli ko‘rsatkichlari kritik parametrlar ekanligidan kelib chiqib, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan maqsadli ma’lumotlarning «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK veb-sahifasi (www.tourquality.uz) va ijtimoiy tarmoqlarga muntazamlilik asosida joylashtirib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 10 maydagi 05-12-15-3008-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaga ko‘ra tegishli ma’lumotlarning jamoatchilik nazoratiga elektron tarzda havola etilishi bir tomondan faoliyatni belgilangan maqsad va samaradorlikka yo‘naltirilishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan soha xodimlarining o‘z mehnatidan qoniqishini baholashning aniqlik darajasini oshirish, oqibatda chora-tadbirlar natijadorligini oshirishga xizmat qilgan;
mehmonxona xo‘jaligi xodimlarini o‘z mehnatidan qoniqishining kutilayotgan darajasini ishchi kuchi tarkibini optimallashtirish hisobiga oshirish strategiyasiga ko‘ra prognoz ko‘rsatkichlaridan «Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi» DUK tomonidan turizm sohasini rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 10 maydagi 05-12-15-3008-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mehmonxona xo‘jaliklari faoliyatini maqsadli tashkil qilgan holda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishning qo‘shimcha imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
xodimlarning mehnatdan qoniqqanlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mehmonxona va mehmon uylari reytingini tuzish, mehmonxona xo‘jaligidagi eng yaxshi amaliyotlarni aniqlagan holda ularni boshqa xo‘jalik sub’yektlari faoliyatiga transformatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, «Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» DUK tomonidan sohani rivojlantirishning tarmoq-hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 10 maydagi 05-12-15-3008-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi muayyan darajada mehmonxonalar va mehmon uylari raqobatbardoshligini oshirishga hamda ishlab chiqarishni optimal tashkil qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni boshqa xo‘jalik sub’yektlari faoliyatiga joriy qilishga ko‘ra faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish