Shayumova Zamira Mustafaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asinxron elektr yuritmali nasos stansiyalarda reaktiv quvvatni kompensatsiyalash”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T467 
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrillaevich, texnika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Xushiev Sirojiddin Meylievich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chastotaviy rostlanuvchi asinxron elektr yuritmali nasos qurilmasini quvvat koeffisientining normativ qiymatini ta’minlash asosida nasos stansiyasining energiya samaradorligini oshirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron elektr yuritmali nasos qurilmasining ish rejimlarini aktiv fil`trli chastota o‘zgartirgich asosida rostlash usuli takomillashtirilgan;
sug‘orish nasos stansiyasining texnologik parametrlarini hisobga olgan holda «chastota o‘zgartirgich-asinxron motor-nasos-havza» tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan;
«chastota o‘zgartirgich-asinxron motor-nasos-havza» tizimining quvvat koeffisientining normativ qiymatini ta’minlash asosida maqbul avtomatik boshqariladigan tuzilma ishlab chiqilgan; 
chastotaviy rostlanuvchi elektr yuritmali nasos qurilmasining funksional sxemasi aktiv fil`tr asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asinxron elektr yuritmali nasos stansiyasida quvvat koeffisientining normativ qiymatini ta’minlash va energetik samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asinxron elektr yuritmali nasos stansiyasida nasos qurilmasining chastotali rostlanadigan elektr yuritmasi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi ob’ektlarida (“Jambul” va “Shavat-2” nasos stansiyalari) joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 26-oktyabrdagi  03/20-1952 -sonli ma’lumotnoma). Natijada yillik iqtisodiy samaradolik 105 800 000 (bir yuz besh million sakkiz yuz ming) so‘mni tashkil etgan;
 chastotaviy rostlanadigan asinxron elektr yuritmali nasos qurilmasining ish rejimlari  yuritmasi Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi ob’ektlarida (“Jambul” va “Shavat-2” nasos stansiyalari) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 26-oktyabrdagi  03/20-1952 -sonli ma’lumotnoma) joriy etildi. Natijada bir yilda 327810  kVt∙soat elektr energiya miqdorini tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish