Yahyoxonov Niyozxo‘ja Bahroil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda raqamli marketingdan foydalanishni takomillashtirish (xizmat ko‘rsatish korxonalari misolida)”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1611.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Muhiddin Egamberdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bobojonov Aziz Babaxanovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Moliya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish korxonalarida raqamli marketingdan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy marketingdan raqamli marketingga transformatsiyalashuv jarayonlarida “iste’molchiga mo‘ljallanganlik” tamoyili asosida raqamli marketingni tanlashda raqamli brendni, mijozlar xarid tajribasini va talabni shakllantirish hamda raqamli innovatsion mahsulotlarni taklif etishga omillar ta’sirining “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalari aniqlangan; 
xizmat ko‘rsatish bozori uchun raqamli marketingning “sotish voronkasi” texnologiyasini mazkur faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olgan hamda potensial mijozlarni saqlab qolgan holda “e’tiborni qaratish”, “jalb etish”, “konversiya”, “saqlab qolish va himoyalash” kabi bosqichlar orqali siljitib borishni joriy etish taklifi asoslangan;
raqamli marketing faoliyati doirasidagi instrumentlarning biznes samarasini aniqlab beruvchi ROC-tahlilidan xizmat ko‘rsatish sohasi subyektlari tomonidan foydalanishda tegishli raqamli maydonchalarni joriy etish modeli sifatini yuqori (0,9-1,0), juda yaxshi (0,8-0,9), yaxshi (0,7-0,8), o‘rtacha (0,6-0,7), qoniqarsiz (0,5-0,6) darajalar kesimida baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya tarmog‘i va elektron tijorat sohalari yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2026-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatida raqamli marketingdan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida: 
an’anaviy marketingdan raqamli marketingga transformatsiyalashuv jarayonlarida “iste’molchiga mo‘ljallanganlik” tamoyili asosida raqamli marketingni tanlashda raqamli brendni, mijozlar xarid tajribasini va talabni shakllantirish hamda raqamli innovatsion mahsulotlarni taklif etishga omillar ta’sirining “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-12-5004-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohasi subyektlariga tashkiliy-konsultativ ta’minoti uzluksizligini qo‘llab-quvvatlash evaziga raqamli platformalar tomonidan iste’molchilarga ta’sir etish hamda qayta aloqa o‘rnatish samarasining oshirilishiga erishilgan hamda xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning raqamli marketing faoliyatida qo‘llanilishi natijasida iqtisodiy va vaqt sarflaridagi yo‘qotishlari 5%ga qisqargan, iqtisodiy samaradorlik 4%ga ortgan;
xizmat ko‘rsatish bozori uchun raqamli marketingning “sotish voronkasi” texnologiyasini mazkur faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olgan hamda potensial mijozlarni saqlab qolgan holda “e’tiborni qaratish”, “jalb etish”, “konversiya”, “saqlab qolish va himoyalash” kabi bosqichlar orqali siljitib borishni joriy etish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-12-5004-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohasi tadbirkorlik subyektlarining siljitish, xususan reklama xarajatlarining o‘rtacha 8%ga qisqarishi e’tirof etilgan;
raqamli marketing faoliyati doirasidagi instrumentlarning biznes samarasini aniqlab beruvchi ROC-tahlilidan xizmat ko‘rsatish sohasi subyektlari tomonidan foydalanishda tegishli raqamli maydonchalarni joriy etish modeli sifatini yuqori (0,9-1,0), juda yaxshi (0,8-0,9), yaxshi (0,7-0,8), o‘rtacha (0,6-0,7), qoniqarsiz (0,5-0,6) darajalar kesimida baholash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-12-5004-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan raqamli marketing texnologiyalarini qo‘llashda foydalaniladigan instrumentlarni tanlab olish hamda joriy etish rejasini ishlab chiqishdagi noaniqliklarni bartaraf etishga, jumladan, raqamli marketing siyosatini yuritish rejasini tuzish jarayoniga ijobiy ta’siri asosida marketing xarajatlarining o‘rtacha 9-10%ga qisqarishiga erishilgan;
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya tarmog‘i va elektron tijorat sohalari yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-12-5004-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy etish prognoz ko‘rsatkichlari hisoblanib, xizmat ko‘rsatish raqamli bozorida biznes-hamkorlik muhitini shakllantirishda ijobiy ta’sir etilishi hamda tranzaksion xarajatlarning o‘rtacha 7%ga qisqarishi e’tirof etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish