Ochildiyev Kaxramon Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sulfidli mis boyitmalarini eritish pechlarida qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3103.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Soliyevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat tyexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjayev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
sulfidli mis boyitmalarini eritish pechlarida qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish va mis ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shlakdagi magnetit miqdorini kamaytirish uchun tarkibida uglerod va oltingugurt saqlagan tiklovchi-sulfidlovchi kompozisiyaning kimyoviy tarkibi asosida suyuq konvertor shlakini qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oltingugurtli birikma va klinker aralashmasi ishtirokida konvertor shlakini yallig‘ qaytaruvchi pechda kompleks qayta ishlash asosida shlak bilan chiqib ketadigan mis miqdorini kamaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yirikligi 20-25 mm bo‘lgan oltingugurtli birikma hamda o‘lchami 10-15 mm bo‘lgan klinker aralashmasini qo‘llash orqali suyuq konvertor shlakidagi magnetitni samarali parchalash usuli ishlab chiqilgan;
yallig‘ qaytaruvchi pechining shlak chiqadigan tuynugi balandligini qisman o‘zgartirish hisobiga shlakdagi misning miqdorini kamaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sulfidli mis boyitmalarini eritish pechlarida qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yallig‘ qaytaruvchi pechda qayta ishlanadigan konvertor shlakidagi magnetitning (Fe3O4) miqdorini kamaytirish uchun shlakni oltingugurtli birikma va klinker aralashmasi bilan qayta ishlash texnologiyasi joriy qilingan (“OKMK” AJ ning 12 yanvar 2023 yildagi № 63-03 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida shlak tarkibidagi magnetitning miqdori 6 % ga kamayishga erishilgan.
Oltingugurtli birikma va klinker aralashmasi yordamida suyuq konvertor shlakini dastlab metallurgik kovshda qayta ishlab, so‘ng uni yallig‘ qaytaruvchi pechida missizlantirish texnologiyasi joriy etilgan. (“OKMK” AJ ning 12 yanvar 2023 yildagi № 63-03 sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida shlak bilan misning yo‘qolishini 19,2 % kamaytirishga erishilgan;
Suyuq konvertor shlaki bilan oltingugurtli birikmalarning o‘zaro ta’sirlashish yuzasini oshirish maqsadida yirikligi 20 – 25 mm bo‘lgan oltingugurtli birikma va yirikligi 10 –15 mm bo‘lgan klinker aralashmasi yordamida shlakdagi magnetitni parchalash, so‘ngra uni yallig‘ qaytaruvchi pechida missizlantirish mobaynida pechning shlak chiqadigan tuynugining balandligini qisman o‘zgartirish texnologiyasi joriy qilingan. (“OKMK” AJ ning 12 yanvar 2023 yildagi № 63-03 sonli ma’lumotnomasi). Natijada shixtadan misning shteyn tarkibiga o‘tish darajasi 0,5-0,6 % ga oshirilgan. Joriy etishdagi mablag‘ 986 890 000 so‘mni tashkil etgan.