Md Zahangir Alamning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Factors affecting the adoption of technology-driven international trade: asia context”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti.
Ilmiy rahbar: Mavlanov Ibragim Rajabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03.
Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qodirova Zulayho Abduhalimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologiyaga asoslangan xalqaro savdoni qabul qilish hamda xulq-atvor niyati, munosabat, subyektiv norma, pandemiya, xavf-xatar va osonlashtiruvchi sharoit singari unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilib, nazariy hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Texnologiyaga asoslangan xalqaro savdoga ta’sir etuvchi omillar tashqi savdoning zamonaviy, ilmiy va amaliy nazariyalariga asoslangan holda muallif tomonidan aniqlangan, tavsiflangan hamda turkumlangan;
Venkatesh tomonidan fundamental nazariya sifatida ishlab chiqilgan Unified Technology Acceptance and Use of Technology (UTAUT) konsepsiya muallif tomonidan takomillashtirilgan;
Texnologiyaga asoslangan xalqaro savdoga ta’sir etuvchi asosiy determinantlarni aniqlash, statistik va analitik baholashning uslubiy takomillashtirilgan metodologiyasi taklif etilgan;
Texnologiyaga asoslangan xalqaro savdoga ta’sir etuvchi asosiy omillarining, ya’ni xulq-atvor niyati, munosabat, subyektiv norma, pandemiya, xavf-xatar va osonlashtiruvchi sharoit va texnologiyaga asoslangan xalqaro savdoni qabul qilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida empirik tahlil qilingan;
Bangladesh va Osiyo mamlakatlari uchun texnologiya asoslangan xalqaro savdoni yanada tamokillashtirish va kengaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iboratdir:
Tadqiqotda oltita mustaqil o‘zgaruvchi va texbologiyaga asoslangan xalqaro savdoni qabul qilish konstruksiyasining bog‘liqligi muallif tomonidan taklif etilgan model asosida baholangan. Yetakchi olimlar tomonidan taklif etilgan to‘rt omilni o‘z ichiga olgan modellar takomillashtirilib, Osiyo mamlakatlari uchun birinchi marta xalqaro savdoni qabul qilishning kompleks modeli yaratilgan;
Xalqaro savdoni qabul qilish bo‘yicha oldingi tadqiqotlar AMOS va SPSS modellari asosida o‘rganilgan bo‘lsa, mazkur tadqiqotda yuqori prognozlilik va ishonchlilikga ega bo‘lgan PLS-SEM tahlil olib borilgan;
Osiyo mamlakatlari, ya’ni Bangladesh, Hindiston va Pokiston mamlakatlari uchun texnologiyaga asoslangan xalqaro savdoni qabul qilish va unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun regressiya hamda klaster tahlili kabi tegishli statistik usullardan foydalangan holda ma’lumotlarni tahlili olib borilgan.
Ushbu tadqiqot natijalarining amaliy ahamiati shundan iboratki, ushbu tadqiqot natijalaridan xalqaro savdoda qatnashuvchi kompaniyalar, ularning distribyutorlari va ta’minotchilari, Osiyo mintaqasi mamlakatlarining hukumatlari va boshqa rivojlanayotgan davlatlar hukumatlari uchun qaror qabul qilish jaroyonida foydalanish mumkin.

Yangiliklarga obuna bo‘lish