Sarsenbaeva Zoya Jangabay qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning lingvomadaniy kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2394. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Lapitovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining lingvomadaniy kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvomadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga kreativ yondashuvning nazariy modeli talabalar lingvomadaniy kompetensiysiani rivojlantirishda invariant, interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasini ta’minlash orqali qoraqalpoq va o‘rganilayotgan tilning lingvomadaniy me’yorlarini o‘zaro qiyoslash tamoyili asosida takomillashtirilgan;
talabalarning lingvomadaniy kompetensiyasini takomillashtirish mexanizmlari madaniyatlararo muloqotni takomillashtiruvchi lingvomadaniyashunoslik elementlari va paremialar vositasida reproduktiv mashqlar ishlab chiqish hamda lingvomadaniy me’yorlarni umumkasbiy modullar mazmuniga tizimli singdirish asosida takomillashtirilgan; 
lingvomadaniy konnotatsiyani takomillashtirishga yo‘naltirilgan kasbiy mahoratni rivojlantiruvchi pedagogik imkoniyatlar ta’lim oluvchilarning muloqot madaniyatini lingvomadaniy pozisiyadan aniqlash, millatlararo kommunikativ jarayonda yuz beruvchi madaniy me’yorlarni, fikrlash va xatti-harakatlarning asosiy stereotiplarini, me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish asosida ochib berilgan; 
talabalarning kommunikativ va millatlararo muloqot jarayonlariga kirishish ko‘nikmalari lingvomadaniy kompetenlikni takomillashtirish texnologiyasi va tamoyillarini til ta’limidagi lingvometodik, pragmatik va komparativ yondashuvlarga gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qoraqalpog‘istondagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining lingvomadaniy kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
talabalar lingvomadaniy kompetensiysiani rivojlantirishda invariant, interaktiv va texnologik omillar transformatsiyasini ta’minlash orqali qoraqalpoq va o‘rganilayotgan tilning lingvomadaniy me’yorlarini o‘zaro qiyoslash tamoyili asosida takomillashtirilgan lingvomadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga kreativ yondashuvning nazariy modeli, lingvomadaniy yondashuv asosida ta’lim oluvchilarning millatlararo kommunikativ jarayonda lingvomadaniy konnotatsiyasini takomillashtiruvchi professional subkompetensiyasini oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi pragmatik jarayonlar va logoepistemasi borasidagi metodik va amaliy taklif hamda tavsiyalar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabr 500-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 500-097-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning lingvomadaniy kompetensiyasini rivojlantirishga oid asosiy omillari, bilim va ko‘nikmlarini rivojlantiruvchi autentik materiallarni interfaol ta’lim bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
madaniyatlararo muloqotni takomillashtiruvchi lingvomadaniyashunoslik elementlari va paremialar vositasida reproduktiv mashqlar ishlab chiqish hamda lingvomadaniy me’yorlarni umumkasbiy modullar mazmuniga tizimli singdirish asosida takomillashtirilgan talabalarning lingvomadaniy kompetensiyasini takomillashtirish mexanizmlari, talabalarda potensial divergentlik darajasini rivojlantiruvchi paremialarning kognitiv obrazini shakllantirish, reproduktiv topshriqlarga doir madaniyatlararo muloqotning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati, milliy va o‘zga madaniyatlarning mentaliteti, nutq madaniyatlari konnotatsiyasini o‘rganish omillari transformatsiyasiga doir taklif va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabr 500-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 500-097-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarga lingvomadaniy kompetensiyasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari oshishiga erishilgan; 
ta’lim oluvchilarning muloqot madaniyatini lingvomadaniy pozisiyadan o‘rganish, millatlararo kommunikativ jarayonda yuz beruvchi madaniy me’yorlarni, fikrlash va xatti-harakatlarning asosiy stereotiplarini, me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish asosida ochib berilgan lingvomadaniy konnotatsiyani takomillashtirishga yo‘naltirilgan kasbiy mahoratni rivojlantiruvchi pedagogik imkoniyatlar, lingvomadaniy kompetenlikni takomillashtirish texnologiyasi va tamoyillarini til ta’limidagi lingvometodik, pragmatik va komparativ yondashuvlarga gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida rivojlantirilgan talabalarning kommunikativ va millatlararo muloqot jarayonlariga kirishish ko‘nikmalariga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan №A1-XT-0-92-997 – “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muamolari» mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10-avgustdagi 02-07-2105/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning lingvomadaniy kompetentligini takomillashtirishning mezonlari, mexanizmlari, didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish