Primov Baxtiyor Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dastlabki tergovda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu653.
Ilmiy rahbar: Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dastlabki tergovda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlarini ochub berish hamda ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimida yaratilgan jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni elektron ro‘yxatga olish hamda ularni ko‘rib chiqish natijalarining yagona elektron hisobini yuritish imkonini beradigan dasturni ishlab chiqish zarurati asoslangan;
tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vosita va uskunalar bilan to‘liq jihozlash lozimligi hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash zarurati asoslangan;
ma’muriy huquqbuzarlikkka oid ishlarni ko‘rib chiqish paytida vakolatli mansabdor shaxs qilmishda jinoyat alomatlari mavjudligi haqida xulosaga kelsa,
“E-ma’muriy ish” tizimi orqali materiallarni tegishli prokuratura organiga yuborishi lozimligi asoslangan;
prokuratura organi tomonidan materiallarni tekshirish natijasida jinoyat alomatlari yo‘qligi aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror hamda ma’muriy ish hujjatlari “E-ma’muriy ish” tizimi orqali vakolatli organga qaytarilishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
sud-tergov faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida, jinoyat ishlarini tergov qilish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimida yaratilgan jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni elektron ro‘yxatga olish va ularni ko‘rib chiqish natijalarining yagona elektron hisobini yuritish imkonini beruvchi dasturiy modulni ishlab chiqish va ishga tushirish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi PF–6041-sonli Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni 1-bandining to‘rtinchi xatboshisi, 7-bandining birinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022-yil 7-iyuldagi 06-13/34-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tergov jarayonlarini raqamlashtirish, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, malakali kadrlarni tayyorlash, yagona axborot tizimi modulini ishlab chiqish va ishga tushirishga xizmat qilgan;
tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi PF–6041-son Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining
2022 yil 7 iyuldagi 06-13/34-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tergov harakatlarini tergov hibsxonalari va jazoni ijro yetish muassasalarida videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish borasidagi muammolarni bartaraf etishda xizmat qilgan;
agar ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish paytida vakolatli organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, “E-ma’muriy ish” tizimi orqali materiallarni elektron shaklda tegishli prokuratura organiga yuborishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida Nizomning 42-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 6-maydagi 12/21-30-son dalolatnomasi). Mazkur taklif jinoyat alomatlari bor materiallarni prokuratura organiga tezkor yetkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
prokuratura organi tomonidan materiallarni tekshirish natijasida jinoyat alomatlari yo‘qligi aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror hamda ma’muriy ish hujjatlari “E-ma’muriy ish” tizimi orqali vakolatli organga qaytarib yuborilishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida Nizomning 43-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 6-maydagi 12/21-30-son dalolatnomasi). Mazkur taklif jinoyat alomatlari yo‘qligi aniqlangan taqdirda, ma’muriy ish hujjatlarini vakolatli organga tezkor yetkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan.