Karshieva Elnora Elbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Servikal intraepitelial neoplaziyani tashxislash va davolashni takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib1817.
Ilmiy rahbar: Kattaxodjaeva Maxmuda Hamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navarra xalq universiteti (Ispaniya davlati).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.    Tadqiqotning maqsadi:  bachadon bo‘ynining saraton oldi kasalliklarini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intraepitelial neoplaziya bilan kasallangan bemorlarda patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar tarkibining pasayishi va shartli patogen mikrofloraning ko‘payishi oqibatida  vaginal mikrobiotsenozda shartli yoki aniq anaerob disbioz shaklida chuqur o‘zgarishlar shakllanishi isbotlangan;
bachadon bo‘yni neoplazisi bilan og‘rigan bemorlarda mahalliy sitokinlar faoliyati, ya’ni  IL-1β sintezi TNFα pasayishi, fagotsitlarning faoliyatini buzilishiga olib kelishi, uning oqibatidagi viruslar persistensiyasi kasallik kechishini og‘irlashtirish  ehtimolligini oshirishi asoslangan;
    bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda kavitatsiyalangan eritmalardan foydalanish mahalliy biotsenozning tiklanishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk marotaba bachadon bo‘yni neoplaziyalarida  patogenetik davo sifatida kavitatsiyalangan eritmalar bilan oldindan sanatsiya qilinganidan keyin keng chiziqli radioto‘lqinli argonli elektrojarrohlikdan foydalanish usulini qo‘llashning yuqori samaradorligi  isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 24 maydagi 23-Z/028-son xulosasiga ko‘ra:
intraepitelial neoplaziya bilan kasallangan bemorlarning 49,2 foizida OPV infeksiyasi borligi aniqlangan, shu bilan birga har birida vaginal mikrobiotsenozda shartli yoki aniq anaerob disbioz shaklida chuqur o‘zgarishlar, patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar tarkibining pasayishi va shartli patogen mikrofloraning ko‘payishi (peptokokklar, Staphylococcus aureus, gemolitik va yashil rangli streptokokk, gardnerella, korinebakteriy) natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish jarayoni takomillashtirilishi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha  2018 yil 16 iyundagi 74-sonli buyruq va Toshkent stomatologiya tibbiyot instituti bo‘yicha 2018 yil 5 iyundagi 318-sonli buyruq  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va  kompleks diagnostik yondashuvdan foydalanish, intraepitelial neoplaziya bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intraepitelial neoplaziya bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxisot jarayonida vaginal mikrobiotsenozni shartli patogen shakllarini aniqlash va kasallik asoratlanishini oldini olishga erishishi orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 19 718 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: intraepitelial neoplaziya bilan kasallangan bemorlarda patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar tarkibining pasayishi va shartli patogen mikrofloraning ko‘payishi oqibatida   rivojlanadigan disbiozni erta aniqlash algoritmi ishlab chiqildi va har bir bemor uchun sarflanadagan  byudjet mablag‘larini 84 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
intraepitelial neoplaziya bilan og‘rigan bemorlarda tashxisot jarayonida mahalliy immun tet faoliyatini ko‘rsatuvchi parametrlarni o‘rganish va davolash jarayonida maqsadli tadbirlarni qo‘llash neoplaziyaning chuqurlashishi va asoratlanishini kamaytirishga olib kelishi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha  2018 yil 16 iyundagi 74-sonli buyruq va Toshkent stomatologiya tibbiyot instituti bo‘yicha 2018 yil 5 iyundagi 318-sonli buyruq  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: me’yoriy immunitet tizimi faoliyati yallig‘lanish vositachilarining nazoratsiz chiqarilishini oldini oladi va mikroorganizmning invaziyasiga makroorganizmning adekvat javobini t’minlaydi hamda SIN patogenezida mahalliy immunititet faoliyatining pasayishi mavjud bo‘lgan mikrofloraning patogen faoliyatini oshiradi va jarayonni kuchaytirishga, bemorlarga bu mahalliy sitokinlar faoliyatini erta aniqlash orqali kasallik asoratlanishining oldi olish (48,7%) va kasallik avj olishini pasaytirishga (64,1%) ga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon bo‘yni neoplaziyasi bo‘lgan bemorlarda taklif etilgan  diagnostika algoritmini qo‘llash natijasida ularning vrachga murojaati 1,4 baravarga, statsionar davolanish kunlari 19.2 kundan 15, 6 kunga qisqarishi hisobidan har bir bemorga 1 873 602 so‘m miqdoridagi xarajat tejalishiga erishilgan. Xulosa: Bachadon bo‘yni neoplaziyasi bo‘lgan bemorlarda kasallik rivojlanishi zo‘rayishi va asoratlanishini oldini olish maqsadida tashxisot jarayonida mahalliy immunitet ko‘rsatgichlarini o‘rganish va ularning erta korreksiyasini amalga oshirish  orqali bemorlarning vrachga murojaati soni 1,4 baravarga kamayadi va o‘z vaqtida samarali davolash orqali har bir bemorga 1 873 602 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
kavitatsiyalangan eritmalardan foydalanish shartli va nisbiy normatsinoz holatini bemorlarning 72% gacha oshirishi, an’anaviy terapiyadan so‘ng 24% dan oshishi birinchi marta isbotlandi. Shu bilan bir vaqtda, Lactobaccillus spp, Peptocteptococcus spp, Candida spp, M.hominis konsentratsiyalari normal belgilarga yaqinlashishi aniqlanishi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha  2018 yil 16 iyundagi 
74-sonli buyruq va Toshkent shahridagi “Family Doctors”  klinikasi bo‘yicha 17.12.2022 yildagi 11-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda kavitatsiyalangan eritmalardan foydalanish mahalliy mikroflora tiklanishi va neoplaziya jarayoni chuqurlashishini oldini olgan; kavitatsiyalangan eritmalardan foydalanish an’anaviy davo usulidi samardorligi 24% dan yuqori ekanligi aniqlangan, ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 19,2 kundan 15,6 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 288 ming so‘mga kamaytirgan;  shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga va kavitatsiyalangan eritmalardan foydalanish usulini qo‘llash, boshqa dorilarning  qisqartirilishi hisobiga bir kunda 5732,2 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasi bilan og‘rigan bemor  larda mahalliy biotsenozni tiklashda kavitatsiyalangan eritmalardan foydalanish davo samaradorligini 24% ga oshirib, shifoxonada davolanish kunlari va dori darmon sarfi qisqarishi  hisobidan har bir bemorgan 6020,2 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.
birinchi marta 2-3 darajali SIN ni qin va bachadon bo‘yni kavitatsiyalangan eritmalar bilan oldindan sanatsiya qilinganidan keyin keng chiziqli radioto‘lqinli argonli elektrojarrohlikdan foydalanishni davolash usullarining yuqori samaradorligini patogenetik jihatdan samaradorligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha  2018 yil 16 iyundagi 74-sonli buyruq va Toshkent shahridagi “Family Doctors”  klinikasi bo‘yicha 17.12.2022 yildagi 11-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotga jalb qilingan bemorlarning birini guruhi an’anaviy usulda, ikkinchi guruhida esa  servikal kanal kavitatsiyalangan eritmalar bilan sanatsiya qilinib, Argon plazmasi koagulyasiyasi funksiyasiga ega FOTEK EA 141M apparati yordamida keng polosali radioto‘lqinli qurilma bilan koagulyasiya qilingan hamda solishtirma tahlillar taklif etilayotgan davo usuli samaradorligi 72,4 % ga yuqoriligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) davolash jarayonida dorilarni qo‘llash kamaytirilib, kavitatsiyalangan eritmalar bilan sanatsiya qilish kifoya ekanligi  va bu kunlik sarf xarajatlarning 12,8% ga qiqartirish imkonini bergan; kavitatsiyalangan eritmalar bilan sanatsiyadan so‘ng argon plazmali koagulyasiya usulini qo‘llash neoplaziya jarayoni bartaraf etishda an’anaviy davolash usuliga qaraganda 72,4 % ga yuqori samaradorlikga ega; davo va tashxisot jarayonida bir yilda 25-44% gacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: bachadon buyni neoplaziyasini erta aniqlash va asoratlanishini oldini olishga qaratilgan taklif etilgan diagnostika va davo usullari yordamida bir yilda xar bir nafar bemorga davlat byudjetidan 9 017 415,7 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. E.E.Karshievaning «Servikal intraepitelial neoplaziyani tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent stomatologiya tibbiyot institutining 2023 yil 23 fevraldagi 04-z/2 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirilgiga taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 9 017 415,7  mln. so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 270, 5 mln.so‘m iqtisod iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish