Imamova Umida Muzafarovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertasiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda innovasion texnologiyalar asosida kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1957. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi:Termiz davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini innovasion texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nofilologik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining o‘quv-biluv kompetentligini oshirishga qapatilgan amaliy vazifalar ko‘lami operasiyalarning tarkibi va sifati, ularning xabardorligi, to‘liqligi, barcha bilim qobiliyatlari uchun umumiy majmuaga asoslanganlik kabi mezonlarga tayangan holda autentik, modellashtirish, loyiha ishlab chiqish kabi amaliy vazifalar tasnifi kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishning lingvodidaktik shart-sharoitlari o‘quv jarayonida talabalarning bilish faoliyati va mustaqilligini faollashtirish, intensiv metod va usullardan foydalanish, talabaning o‘quv-biluv tajribasini va ta’lim jarayonida mustaqil bilim olish kompetensiyalari mazmunini o‘z ichiga olish shartlarini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
kognitiv kompetensiya ta’rifi nafaqat yangi bilim va tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lish, balki har bir integral ta’lim va bilim aktining sifat jihatidan yangi integrasiyalashgan natijasini ta’minlaydigan bilish jarayonlarining natijasi ekanligi dalillangan;
turli akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalarning o‘quv-biluv kompetentligining miqdoriy va sifat xususiyatlarini baholashga mo‘ljallangan mezon va ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali o‘quv-biluv kompetentligining mazmuni baholangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning innovasion ta’lim texnologiyalari asosida kognitiv kompetensiyasini shakllantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarining innovasion ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalangan holda kognitiv kompetensiyasini shakllantirish usullari hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida nemis tilini o‘qitish metodikasi mazmuni Termiz davlat universitetining Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2020-2021 – yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo`nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo`lga qo`yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzuidagi loyihaning mazmuniga singdirilgan (Termiz davlat universitetining 06/12-2224-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis tilini o‘qitishda innovasion ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalangan holda kognitiv kompetensiyasini shakllantirish tizimini yaratishga xizmat qilgan; 
innovasion ta’lim texnologiyalari va metodlari asosida talabalarning kognitiv kompetensiyasini shakllantirishning motivasiyali, kognitiv, faoliyatli, refleksiv komponentlar tizimi ishtirokida integrasiyali bilimlarni ilmiy-nazariy jihatdan o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar nemis tilini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi Samarqand davlat chet tillar institutining Yevropa ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo`ljallangan “561624-EPP-1-2015-UK-PPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHEIMEP: O`zbekistonda oliy ta’lim tizizmi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 57/30-02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kognitiv kompetensiyasini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kognitiv kompetensiya ta’rifi nafaqat yangi bilim va tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lish, balki har bir integral ta’lim va bilim aktining sifat jihatidan yangi integrasiyalashgan natijasini ta’minlaydigan bilish jarayonlarining natijasi ekanligi hamda turli akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalarning o‘quv-biluv kompetentligining miqdoriy va sifat xususiyatlarini baholashga mo‘ljallangan mezon va ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali o‘quv-biluv kompetentligining mazmuni baholanganligi kabi tavsiyalardan Samarqand chet tillar instituti tomonidan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o`quv jarayoniga joriy etish” nomli amaliy loyihani tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand chet tillar institutining 58/30-02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis tili fanini o‘qitish samaradorligi hamda nemis tili o‘qituvchilarining metodik tayyorligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish