Gulyamov Uulg‘bek Gafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish yo‘llari”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/Iqt1771
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategic rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Abdullayev Ravshan Vahidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi rivojlanishini innovatsion platformaga o‘tkazishni hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi faoliyati huquqiy asoslari, innovatsiyalarni rag‘batlantirish dastaklaridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi, qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish shartlari hamda innovatsion rivojlanish darajasining past – 0,10-0,40; o‘rtacha – 0,41-0,70 va yuqori – 0,71 dan yuqori intervallar asosida baholash mezonlari tavsiya etilgan;
ishlab chiqilgan ko‘p omilli ekonometrik model asosida yalpi qishloq xo‘jaligi maxsulotlari hajmi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda amaliy tadbirlarni ishlab chiqishda, sohani innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat tomonidan qo‘llaniladigan “yarim liberal”, “to‘liq liberal” va “rag‘batlantiruvchi liberal” modellardan foydalanish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarning umumiy jihatlari bo‘yicha, turli alomatlarga va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash, saqlash, savdo tizimini rivojlantirish kabi qo‘shilgan qiymat yaratish imkonini beruvchi yo‘nalishlarda davlat va xususiy sherikchilik aloqalarini kengaytirishni nazarda tutuvchi ilmiy ishlanmalarning texnologik transferini “Spin-off” (Spin-off) tashkil etish orqali rivojlantirish tizimi ishlab chiqilgan;
respublikada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishning ko‘p omilli 2027-yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqilgan ko‘p omilli ekonometrik model asosida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning samaradorlik qiymatlarini sifatli baholash uchun uni baholash mezonlarini aniqlashda regression tahlil natijalarida keltirilgan parametrlarning quyi va yuqori chegaralaridan kelib chiqqan holda innovatsion rivojlanish darajasining past – 0,10-0,40; o‘rtacha – 0,41-0,70 va yuqori – 0,71 dan yuqori intervallarini belgilash bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi №02/032-2579-son ma’lumotnomasi). Ushbu mezon asosida hududlarning innovatsion faolligini baholash imkoniyatini yaratiladi.
qishloq xo‘jaligi rivojlanishini innovatsion platformaga o‘tkazishni nazarda tutuvchi innovatsion faoliyatni davlat tomonidan rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan qulay iqtisodiy sharoitlarni yaratish borasida moliya-kredit, soliq siyosati va sug‘urtalashning yangi usullarining iqtisodiy mexanizmi va shartlari bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi №02/032-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on, Pop va Namangan tumanlari fermer xo‘jaliklarida yalpi mahsulotni 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 3,7 foiz oshirishga erishilgan;
innovatsion faoliyatning “hudud-tarmoq-davlat” siklik jarayonini tashkil etish hamda ilmiy ishlanmalarning texnologik transferini “spin-off” (spin-off) korxonalarini tashkil etish orqali rivojlantirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 17-yundagi №02/032-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada Uchqo‘rg‘on, Pop va Namangan tumanlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 18,9 foizga oshgan;
qishloq xo‘jaligidainnovatsiyalarni rag‘batlantirish orqali raqobatdoshlik va samaradorlikni oshirish bo‘yicha hisoblab chiqilgan ko‘p omilli prognoz natijasi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi №02/032-2579-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘aligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini” ishlab chiqishda foydalanilgan.