Ergashev Feruzjon Xolmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Uzatilish reaksiyalaridan 13N, 17F, 28Si yadrolari uchun proton bog‘lanish asimptotik normirovka koeffisientlari va ularning yadroviy-astrofizik jarayonlarda qo‘llanilishi”, 01.04.08 – “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM663
Ilmiy rahbar: Artemov Sergey Viktorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Erkin Xojievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Polvonov Satimboy Rajapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Fizika-texnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘ir ionlarda sodir bo‘ladigan proton uzatilish reaksiyalari tahlilidan 13N, 17F va 28Si yadrolarida proton bog‘langan holatlari asimptotik normirovka koeffisientlarining qiymatlarini aniqlash hamda ularni proton radiatsion qamrash reaksiyalari astrofizik S(E) – faktorlarini hisoblashda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NG-150 neytron generatorida neytronlarni qayd qilishda yarimo‘tkazgichli Si-detektorlardan foydalanib neytronlarning to‘liq kesimlarini o‘lchash usulining yangi varianti taklif etilgan va tegishli eksperimental qurilma yaratilgan;
C, N, Al, Si engil elementlar yadrolari uchun ~14 MeV energiyali neytronlarning to‘liq kesimlari qiymatlari eksperimental yo‘l bilan aniqlangan va topilgan qiymatlardan foydalanib neytronlarning ushbu elementlar yadrolari bilan ta’sirlashishi optik potensiallari parametrlari olingan;
E10B=41.3 MeV energiyada 16O+10B va 27Al+10B elastik sochilish va 16O(10B,9Be)17F, 27Al(10B,9Be)28Si reaksiyalari uchun differensial kesimlarining yangi eksperimental ma’lumotlari olingan;
13N yadrosining asosiy holati uchun ( ), 17F yadrosining asosiy va 1-uyg‘ongan holatlari uchun (
va
), va shu bilan birga birinchi marta 28Si yadrosining asosiy va 1-uyg‘ongan holatlari uchun (
va
) proton bog‘lanish asimptotik normirovka koeffitsientlarining yangi qiymatlari topilgan:
=2.65±0.4 fm-1,
=1.03±0.13 fm-1,
=5607±931 fm-1,
=1634±305 fm-1,
=1594±193 fm-1;
17F yadrosining asosiy va 1-uyg‘ongan holatlarida proton qamrash S-faktorlarining yangi parsial qiymatlari, va mos ravishda to‘liq S-faktorning qiymati aniqlangan: Stot(0)=9.2±1.2 keV b.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kulon to‘sig‘i yaqinidagi energiyalarda proton uzatilish yadro reaksiyalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
NG-150 neytron generatorida yarimo‘tkazgichli Si-detektorlardan foydalanib neytronlarning to‘liq kesimlarini o‘lchashning yangi uslubidan № FA-Atex-2018-(175+170) “VVR-SM yadro reaktorining yoqilg‘i sikllarini optimallashtirish va parametrlarini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish” (2018-2020) mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zR FA ning 2023 yil 4 apreldagi 2/1255-688 sonli xati). Natijalaridan foydalanish VVR-SM reaktori aktiv zonasi vertikal kanallarida neytron spektrining topazlardagi aralashmalar tarkibining tabiiy topaz rang markazi o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
14.1 MeV energiyali neytronlar bilan S, N, Al, Si elementlari uchun neytronlarning to‘liq kesimlarining o‘lchangan eksperimental qiymatlari, E10B=41.3 MeV energiyada elastik sochilish 16O+10B va reaksiyalar 12C(10B,9Be)13N, 16O(10B,9Be)17F,17F* (E*17F=0.495 MeV) differentsial kesimlarining eksperimental qiymatlari AEXA ga qarashli EXFOR xalqaro yadroviy ma’lumotlar bazasiga (https://www-nds.iaea.org/exfor/) kiritilgan (EXFOR xalqaro yadroviy ma’lumotlar bazasining Osiyodagi vakili N.Otsukaning 2023 yil 17 yanvardagi xati). Ilmiy natijalardan foydalanish EXFOR xalqaro tizimining yadro reaksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalaridagi mavjud taxminiy ma’lumotlarni to‘ldirgan va aniqlashtirishga imkon bergan;
Kulon to‘sig‘iga yaqin energiya sohasida 16O, 27Al yadrolarida 16O+10B va 27Al+10B elastik sochilish va (10B,9Be) reaksiyalari uchun differensial kesimlarning eksperimental qiymatlari Varshava universiteti og‘ir ionlar laboratoriyasining U200-P siklotroni og‘ir ionlar oqimida yangi tajribalarni rejalashtirish uchun ishlatiladi (Varshava universiteti og‘ir ionlar laboratoriyasining 2023 yil 28 fevraldagi xati). Ushbu ma’lumotlar yuqorida aytib o‘tilgan tajribalar uchun kesimlarni va tezlatgichning kerakli ishlash vaqtini oldindan baholash uchun ishlatilgan;
Kulon to‘sig‘iga yaqin energiya sohasida 16O, 27Al yadrolarida 16O+10B va 27Al+10B elastik sochilish va (10B,9Be) reaksiyalari uchun differentsial kesimlarning eksperimental qiymatlari, shuningdek, 13N, 17F, 28Si yadrolarida proton bog‘langan holatlari uchun ANK kvadratlarining qiymatlari MDU qoshidagi Yadro fizikasi ilmiy tadqiqot institutining ustuvor yo‘nalishdagi ushbu 5.1 “Fundamental`nie i prikladnie problemi fiziki yadernix reaksiy” va 5.3 “Teoriya sistem neskol`kix tel i vzaimodeystvie yader s elektronnim okrujeniem” tadqiqot ishlarida foydalanilgan (MDU qoshidagi YaFITI ning 2023 yil 6 martdagi 134/14-23/201-1-18-sonli xati). Natijalardan foydalanish juft-juft yadrolar 13C-13N va 17O-17F uchun ANK ni solishtirish orqali Kulon o‘zaro ta’sirining ANK qiymatlariga ta’sirini baholashga imkon bergan.