Sayt test rejimida ishlamoqda

Sayfulloyeva Gulnoz Sayfulloyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kats empirik protsesslari umumlashmalari va ularning asimptotik xossalari”, 01.01.05 – “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM747 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Abduraxim Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Miraxmedov Sherzod Adilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nurmuxamedova Nargiza Saydillayevna, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasodifiy senzurlanishning raqobatli risklar modelida modifikatsiya qilingan Kats statistikasi va uning funksionallarining asimptotik xossalarini isbotlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
senzurlanishning raqobatli risklar modelida taqsimot funksiyalari uchun yangi Kats baholari topilgan hamda modifikatsiyalangan empirik baholardan tuzilgan protsesslar uchun eksponensial tengsizliklar va mos approksimatsiya teoremalari isbotlangan;
eksponensial intensivlik baholaridan tuzilgan protsesslar uchun approksimatsiya teoremalari keltirilgan;
xarakteristik funksiya uchun tasodifiy senzurlanish modelida bahoning kuchli asosliligi isbotlangan;
proporsional intensivliklar modelida taqsimot funksiyasi uchun Kats bahosi qurilgan hamda taqsimot funksiyasi hosilalari va xususan zichlik funksiyasi uchun silliqlangan yadroviy baholar qurilib, ularning asimptotik xossalari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tasodifiy senzurlanishning raqobatli risklar modelida modifikatsiya qilingan Kats statistikasi va uning funksionallarining asimptotikasiga oid masalalar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tasodifiy senzurlanishning umumlashgan modelida yig‘indilar sonini bog‘liqsiz Puasson taqsimotiga ega tasodifiy miqdorlar bilan almashtirish orqali hosil qilingan empirik Kats statistikasidan OT-F-4-40 raqamli “O‘lchovli funksiyalar sinfida indekslangan integral empirik protsesslarning asimptotik xossalarini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada taqsimot funksiyasi baholari asimptotik xossalarini isbotlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 30 yanvardagi №04/11-418-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi tasodifiy senzurlanishning umumlashgan modelida qaralayotgan taqsimot funksiyaning asimptotik xossalarini isbotlash imkonini bergan.
proporsional risklar modelida integral intensivlik funksiyasi yordamida qurilgan baholar orqali tuzilgan empirik protsesslardan YO-F4-07 raqamli “Kopula funksiyalari yordamida statistik baholash va gipotezalarni tekshirish” mavzusidagi fundamental loyihada empirik protsesslarning Gauss protsessi bilan approksimatsiya teoremalarini isbotlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 20 maydagi №04/11-2884-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi tasodifiy senzurlanishning raqobatdosh risklar modelida funksionallarning asimptotik xossalarini xossalarini isbotlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish