Yuldasheva Nazokatxon Murod qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kremniy xususiyatlariga metall nanozarrachalar ta’sirini tadqiq qilish» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD, fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM823 
Ilmiy rahbar: Zaynobidinov Sirojidin, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abdumanap Abdumajidovich – O‘zbekiston Milliy universiteti Yarimo‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi kafedrasi mudiri, f.-m.f.n, dotsent;
Gulyamov Gafur – Namangan muhandislik-qurilish instituti fizika kafedrasi professori, f-m.f.d., professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klassik va kvant fizikasi qonuniyatlariga tayangan holda, kremniyning optik va elektrofizik xususiyatlarini uning hajmiga kiritilgan metall nanozarrachalar orqali yaxshilash shartlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
metall nanozarrachalar dielektrik funksiyalarini ularga tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini hamda ularning zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi, relaksatsiya vaqti, elektr o‘tkazuvchanligi kabi asosiy elektrofizik parametrlarini plazmonik parametrlarga bog‘liq holda hisoblaydigan yangi ifodalar keltirib chiqarilgan;
metall nanozarrachalardan kremniyga fotoemissiya kesimining metall nanozarrachalar turiga va o‘lchamiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan hamda eng maqbul metall turi mis ekanligi va uning o‘lchami 4 nm bo‘lishi kerakligi aniqlangan;
metall nanozarrachalardan kremniyga fotoemissiyada nanozarracha ichidagi elektr maydon intensivligi 20 martagacha ortishi va oltin nanozarrachasi uchun bu kattalik eng yuqori bo‘lishi hamda fotoemission tokning maksimal qiymati oltin uchun eng katta 3.5 mA/sm2 bo‘lishi aniqlangan;
kremniydagi a=4 nm radiusli metall (Cu) nanozarrachalarining fotoelektron emissiya va yutilish kesimlarining () spektral bog‘liqligini taqqoslash natijasida yutilayotgan fotonlarning 15% fotoelektronlarga aylanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Raqamli texnologiyalarga tayangan holda modellashtirilgan va nanozarralar kiritilgan kremniyli fotoelektrik tuzilmalar konstruksiyalaridagi fotonlar yutilishi, asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar fotogeneratsiyasi va ko‘chishining fizik jarayonlarini tadqiq qilish asosida:
Nanozarrachalarni hosil qilishning “Fotoelektrik o‘zgartirgich va uni tayyorlash usuli” nomli yangi usuli (Patent № IAP 06512 18.05.2021 yil) taklif qilingan. Bu usul kvant o‘lchamli effektlardan samarali foydalanishga imkon beradigan yangi konstruksiyali fotoelektrik o‘zgartirgichlar tayyorlash uchun teksturalangan kremniy sirtlarida tekis taqsimlangan metal nanozarrachalarni hosil qilish imkonini bergan. 
“Foton” AJ da yaxshilangan parametrlarga ega bo‘lgan fotoelektrik qurilmalar ishlab chiqarishda tadqiqotning raqamli hisoblash metodlari va tajriba natijalaridan foydalanilgan. (AJning 2022 yil 12 dekabrdagi № 352 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada metall nanozarrachalar kiritish orqali fotoelektrik qurilmalarning samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish