Majidova Gulnoza Nurmuxamedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Potensial to‘siqli yarimo‘tkazgichlarning xarakteristikalariga kuchli elektromagnit to‘lqin, yorug‘lik, harorat va magnit maydonning ta’siri » 01.04.10 – «YArimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM734
Ilmiy rahbar: Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi; Rasulov Rustamjon YAvkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA fizika –texnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: potensial to‘siqli yarimo‘tkazgichli strukturalarda kechadigan fizik jarayonlarga kuchli elekrtomagnit to‘lqin, magnit maydoni, yorug‘lik, harorat, qizigan elektron va kovaklarning ta’sirlari natijasida VAXni, to‘ldirish faktori, quvvat va samaradorlikni aniqlashni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, p-n o‘tishli yarimo‘tkazgich hamda geterostrukturalarning VAX ga O‘YUCh maydon va yorug‘likning ta’siri bo‘yucha transsendent tenglamasi olingan hamda u asosida Maple dasturida I(U) bog‘lanishi hisoblangan;
O‘YUCh maydon maydonda joylashgan o‘tishli fotoelementning quvvati, to‘ldirish faktori va effektivligi zaryad tashuvchilarning temperaturasiga bog‘lanishini ifodalovchi ifoda topilgan;
O‘YUCh maydon maydonda joylashgan p-n o‘tishli fotoelement to‘ldirish koeffisiyenti va effektivligini baza va sirqish qarshiliklariga bo‘lanishi asoslangan;
O‘YUCh maydonda va yorug‘lik ta’sirida tok tashuvchilar harorati Fermi kvazisathlarni kuchli siljishiga olib kelishi ko‘rsatilgan;
o‘tishli diodning xajmiy soha kengligini magnit maydon va yorug‘lik ta’sirida o‘zgarishi VAX va quvvatining umumiy matematik ifodasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Potensial to‘siqli yarimo‘tkazgichlarning xarakteristikalariga kuchli elektromagnit to‘lqin, yorug‘lik, harorat va magnit maydonning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tishli diod va fotoelementlarning xarakteristikasi yorug‘lik, magnit maydon va o‘ta yuqori chastotali maydon ta’sirida o‘zgarishi uchun olingan natijalardan “Foton” Aksiyadorlik jamiyati (“Foton” AJ) yarimo‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2022 yil 28 iyundagi 04-3/1546-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan natijalarni texnologik jarayonga qo‘llanilib, effektivligi yuqori bo‘lgan fotoelementlarni ishlab chiqarish va nazorat qilish imkonini bergan;
Dissertatsiya doirasida ishlab nazariya asosida O‘zR FA Materialshunoslik institutida №.MRB-AN-2019-17 “Quyosh elementlari uchun keng polosali kompozit teskari qaytaruvchi qoplamalarini tadqiq etish” nomli loyihaning ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda, jumladan loyiha geterosturukturalar asosida olingan quyosh fotoelementlarga tashqi ta’sir ya’ni qizigan zaryad tashuvchilar va magnit maydonlar ta’siridagi o‘zgarishlarini aniqlash uchun ishlatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan Akademiyasining 2023 yil 28–fevraldagi №FA-2/1255-376 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish mazkur loyiha doirasida tadqiq etilgan materiallar asosida p-n o‘tishga o‘ta yuqori chastotali to‘lqin va magnit maydon ta’sirida quvvat, to‘ldirish faktori va samaradorlikning 1-3% gacha kamayishini oldini olish imkonini bergan.