Maxammadiyev Maxsud Mardon O‘g‘li 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Mehnat bozorini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish” mavzusidagi, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha. (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1346.
Ilmiy rahbar: Abduvoxidov Abdumalik Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Toxir Safarovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kenjabaev Aman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar sharoitida mehnat bozori faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra mehnat bozorining turli professional segmentlari hajmini aniqlash uchun muallif tomonidan kiritilgan AKT sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning “axborot sig‘imi” tushunchasidan foydalanish zarurligi asoslangan; 
raqamli mehnat bozori faoliyati axborot modelining ishlash tamoyillari va ularni amalga oshirishni ta’minlaydigan mantiqiy-funksional tuzilmaviy yondashuv asosida qisqa muddatli davrda mehnat bozoridagi talab va taklifning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashning maqbul ssenariylariga ko‘ra raqamli platformalarni takomillashtirish taklifi asoslangan;
mehnat bozoriga raqamli texnologiyalar asosida ishsiz fuqarolarni doimiy va vaqtinchalik, bir martalik ishlar va xizmatlarga jalb etish, ish beruvchilarni malakali ishchi xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni ta’minlovchi axborot tizimini takomillashtirish asoslangan;
O‘zbekistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil asosida 2026-yilga qadar rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozorini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra mehnat bozorining turli professional segmentlari hajmini aniqlash uchun muallif tomonidan kiritilgan AKT sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning “axborot sig‘imi” tushunchasidan foydalanish bo‘yicha nazariy-uslubiy yondashuvlar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Elektron tijorat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yi 10-noyabrdagi 01/00-03/15-12479-son ma’lumotnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida AKT sohasida “axborot hajmi” tushunchasidan foydalanish mehnat bozorining turli professional segmentlari hajmini aniqlash imkonini bergan;
raqamli mehnat bozori faoliyati axborot modelining ishlash tamoyillari va ularni amalga oshirishni ta’minlaydigan mantiqiy-funksional tuzilmaviy yondashuv asosida qisqa muddatli davrda mehnat bozoridagi talab va taklifning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashning maqbul ssenariylariga ko‘ra raqamli platformalarni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yi 10-noyabrdagi 01/00-03/15-12479-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida axborot modeliga asoslangan mehnat bozorini tadqiq qilish mexanizmi orqali mehnat bozori samaradorligi me’zonlarini aniqlash imkonini bergan;
mehnat bozoriga raqamli texnologiyalar asosida ishsiz fuqarolarni doimiy va vaqtinchalik, bir martalik ishlar va xizmatlarga jalb etish, ish beruvchilarni malakali ishchi xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni ta’minlovchi axborot tizimini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yi 10-noyabrdagi 01/00-03/15-12479-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatdagi ishsiz fuqarolarni doimiy va vaqtinchalik, bir martalik ishlar va xizmatlarga jalb etish, ish beruvchilarni malakali ishchi xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni ta’minlash orqali mehnat bozori natijadorligi 15-20%ga oshgan;
O‘zbekistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil asosida 2026-yilga qadar rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yi 10-noyabrdagi 01/00-03/15-12479-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi orqali kadrlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarni 15-18%ga tejash imkoniyatlari aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish