Jurayev Shuxrat Abdunabi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Chirchiq daryosi havzasi asosiy tuproqlari, ularning fosforli holatini yaxshilashning ilmiy asoslari», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B574.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Chirchiq daryosi havzasi asosiy tuproqlarining xossa va xususiyatlarini, fosfatlarining fraksiyaviy tarkibini va ularga tabiiy va antropogen omillarning ta’sirini aniqlash asosida tuproqlar fosforli holatini yaxshilashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chirchiq daryosi havzasi asosiy tuproqlarining rivojlanish sharoitlari va gidrotermik rejimining ular tarkibidagi fosfor zahiralari va tuproq fosfatlari fraksiyalari miqdoriga ta’siri aniqlangan;
Hedley (respublikamizda ilk bor) va Ginzburg-Lebedeva uslublarida havza asosiy tuproqlari fosfatlari fraksiyaviy tarkibi hamda ularning tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishlari aniqlangan;
havza asosiy tuproqlari fosfatlari labil va stabil fraksiyalari tarkibidagi noorganik va organik fosfatlar miqdori aniqlangan hamda ularning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish darajasi baholangan;
Nair uslubida sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda fosforning adsorbsiyasi ko‘rsatgichlari aniqlangan;
havza asosiy avtomorf va gidromorf tuproqlarining hozirgi kundagi fosforli holati baholangan va ularning fosforli holatini yaxshilashning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chirchiq daryosi havzasi asosiy tuproqlarining fosforli holatini yaxshilashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Tuproqda ekinlarning hosildorligi, tuproq unumdorligi va ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi fosforning maqbul miqdorini hosil qilish bo‘yicha tavsiyalar»Toshkent viloyatida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 04/28-9585-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chirchiq daryosi havzasi qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan tuproqlari unumdorligini saqlash va oshirish hamda fosforli holatini yaxshilash bo‘yicha choralar belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Bo‘ka tumanidagi «Mirzaqul, Qarshiboy, Kozimjon», «Zukko Zumrad», «Xayitboev Shavkat», «Xolmurod Jamshid» fermer xo‘jaliklarining jami 109,0 gektar yer maydonlari bo‘yicha «Tuproqlarda fosfor adsorbsiyasi» xaritalari tuzilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 04/28-9585-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari sug‘oriladigan tuproqlarida fosforli o‘g‘itlar samaradorligini hamda ekinlar hosildorligini oshirish imkonini bergan;
«Tuproqlarning gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan ta’minlanganlik» kartogrammalari tuzilgan va Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi «Mirzaqul, Qarshiboy, Kozimjon», «Zukko Zumrad», «Xayitboev Shavkat», «Xolmurod Jamshid» fermer xo‘jaliklarining jami 109,0 gektar yer maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 dekabrdagi 04/28-9585-son ma’lumotnomasi). Natijada eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za va kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish bilan bir paytda tuproqda gumus va asosiy oziqa elementlari ta’minotini yaxshilashga, shuningdek, o‘rta hisobda paxtadan 3,5- 4,0 s/ga, kuzgi bug‘doydan 5,2-6,3 s/ga qo‘shimcha hosil olishg imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish