Xikmatullayev Izzatullo Lutfulloyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Physalis alkekengi va Physalis angulata o‘simliklari: kimyoviy komponentlari, tovar mahsulotlari va standartlanishi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K570.
Ilmiy rahbarlar: Xo‘jayev Vahobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Xayatulla, texnika fanlari doktori, dotsent; Jalolov Iqboljon Jamolovich kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda o‘suvchi Ph. alkekengi va Ph. angulata o‘simliklari tarkibidagi alkaloidlar, flavonoidlar, vitaminlar, aminokislotalar, polisaxaridlar, yog‘ kislotalari, makro- va mikroelementlarni aniqlash, ular asosida yangi tovarlar olish, hamda TIF TN bo‘yicha sinflash va sertifikatlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘sadigan Ph. alkekengi va Ph. angulata o‘simliklari tarkibidagi alkaloidlar ajratib olingan, hamda ularning sifatiy va miqdoriy tarkibi zamonaviy usullar yordamida aniqlangan;
Ph. alkekengi va Ph. angulata o‘simliklari tarkibidagi flavanoidlar va vitaminlar miqdori YuSSX usuli yordamida o‘simlik organlari kesimida alohida-alohida aniqlangan, hamda har ikki o‘simlik turining barglari B guruhi vitaminlarining tabiiy manbai ekanligi isbotlangan;
Ph. alkekengi va Ph. angulata o‘simliklari tarkibidagi oqsil moddalari va ularning aminokislota tarkibini aniqlash asosida, har ikki o‘simlik turi oqsillari tarkibida barcha muhim aminokislotalar mavjudligi isbotlangan;
ilk bor Ph. angulata o‘simligi urug‘lari tarkibidagi polisaxaridlar miqdorini aniqlash natijasida, 32% unum bilan mannanlar fraksiyasi ajratib olingan, hamda mannan tipidagi polisaxaridlarning Solanaceae oilasiga mansub o‘simliklar turkum va turlarida saqlanishi isbotlangan;
ilk bor Physalis turkumiga mansub o‘simliklar orasidan Ph. angulata o‘simligi urug‘lari tarkibida 2,18% miqdorda qutbli lipidlar – glikolipidlar va fosfolipidlar, hamda 16 ta yog‘ kislotalari borligi aniqlangan;
Ph. alkekengi va Ph. angulata o‘simliklari tarkibidagi K, Ca, Mg, Na, S, P Fe, Cr, Cu, Ni, Li, V kabi 44 ta makro- va mikroelementlarning sifat va miqdoriy ko‘rsaktichlari aniqlangan;
Ph. alkekengi o‘simligidan olingan oqsillarning gipoglikemik faollik ko‘rsatkichi, horijdan import qilinuvchi Glukeyr antidiabetik preparatiga nisbatan sezilarni darajada yuqori ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ph. angulata va Ph. alkekengi o‘simliklarining kimyoviy tarkibini aniqlash, olingan moddalar asosida tovar mahsuloti ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston hududida o‘suvchi Ph. angulata va Ph. alkekengi o‘simliklari tarkibidagi alkaloidlar, flavonoidlar, vitaminlar, aminokislotalar, polisaxaridlar, yog‘ kislotalari, makro- va mikroelementlarni aniqlash natijalaridan “O‘zbekiston florasi o‘simliklarining alkaloidlari asosida yuqori biologik faolliklarni namoyon qiluvchi samarali dori vositalari qidirish”, “Mahalliy o‘simlik polisaxaridlarining xossalari, tuzilishi va biologik faolligi”, “Tabiiy va sintetik birikmalarning biologik faolligini in virto o‘rganish. Oqsil injenerligi. Rekombinant oqsillarni tayyorlash. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va boshqa turdagi kasalliklar diagnostikasi uchun aniq molekulyar-genetik markyorlarni ishlab chiqish” mavzularidagi ilmiy loyihalarini bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 17 yanvardagi 4/1255-96-son, 4/1255-97-son, 4/1255-98-son ma’lumotnomalari). Natijada, tarkibida alkaloid saqlovchi o‘simliklar asosida sitotoksik substansiyalar ishlab chiqish imkonini bergan;
Physalis alkekengi o‘simligi asosida olingan “Oddiy paq-paq quruq ekstrakti” ni ishlab chiqarish uchun texnikaviy shartlar (S 200131171-001:2022) va texnologik yo‘riqnoma (TI 200131171-001:2022) ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022 yil 10 oktyabrdagi 31-8/5786-son, 2022 yil 27 oktyabrdagi 31-8/5964-son xatlari). Natijada, Ph. alkekengi o‘simligi ekstrakti asosida qondagi qand miqdorini pasaytivuvchi, gipoglikemik faollikka ega bo‘lgan biologik faol tovar mahsuloti ishlab chiqarish imkonini bergan.